Asosiy > Yangiliklar > Aziz ustozlar, ta’lim fidoiylari, qadrli hamkasblar!

Aziz ustozlar, ta’lim fidoiylari, qadrli hamkasblar!

 

Inson kamolotida unga ta’lim bergan, hayot sabogʻi ila kelajak uchun mustahkam poydevor qoʻygan oʻqituvchilarning mehnati beqiyos. Kishi qaysi sohada mehnat qilmasin, uning erishgan har bir yutugʻi, muvaffaqiyati, yuqori natijalari ustozlarning kasbga sadoqati, mas’uliyati samarasidir. Har birimiz uchun ushbu soha vakillari qadrli, ularning mashaqqatli mehnati esa e’tirofga munosib. 

Korxonamizda ham koʻp yillik tajribaga ega, bilimi, shijoati, kimyo sanoati rivojiga qaratilgan intilishi bilan oʻrnak boʻlayotgan ustozlik darajasiga yetgan mutaxassislar koʻp. Yoshligini, bor mehrini sohaga bagʻishlagan kasbdoshlarimizni qadrlaymiz, ishonamiz, tayanamiz va ularga boʻlgan hurmatimiz cheksiz. 

Biz hamisha oʻqituvchilarimiz bildirgan ishonchga munosib boʻlishga intilamiz, ular bizdan faxrlanishlarini istaymiz. Aslida kasb egalari uchun eng katta ragʻbat shogirdlar erishgan ijobiy natijalar boʻlsa ajabmas. 

Bugungi bayram bilan barcha ustozlarimizni muborakbod etaman. Mustahkam sogʻlik, mazmunli hayot, yutuqlar ila unutilmas yorqin faoliyat tilayman. Kasbingizdan faxrlanib mehnat qilish nasib etaversin. 

Kasb bayramingiz muborak boʻlsin!

Farrux Samadov,
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi

So`ngi yangiliklar

...

DOLZARB MAVZUDA MULOQOT TASHKIL ETILDI

03.09.2026
...

MUSTAQILLIK — ULUG‘ NE’MAT

02.09.2026
...

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — MEHNATGA E’TIROF

27.08.2026
...

IFTIXOR HISSI VA E’TIROFDAN MAMNUNLIK

26.08.2026
...

BAYRAM OSHI TAYYORLANMOQDA

26.08.2026
...

AHIL JAMOADA BAYRAM SHUKUHI

26.08.2026
...

KATTA JAMOADA ISTIQLOL NE’MATLARI SHUKRONASI

26.08.2026
...

OZOD VA OBOD VATAN — ENG ULUG‘ NE’MAT

26.08.2026
...

USTUVOR STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

26.08.2026
...

BAYRAMGA MUNOSIB TUHFA

25.08.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish