Asosiy > Yangiliklar > BAJARILGAN ISHLAR VA USTUVOR VAZIFALAR MUHOKAMASI

BAJARILGAN ISHLAR VA USTUVOR VAZIFALAR MUHOKAMASI

“Navoiyazot” AJning 2025-yilgi asosiy koʻrsatkichlari va 2026-yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.  Kun tartibidagi birinchi masalada eʼtibor korxonada sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasini taʼminlash va ekologiya yoʻnalishlarida olib borilgan ishlar tahliliga qaratildi. Yil davomida uchragan noxush holatlar tilga olinib, ularga sabab boʻlgan omillarni bartaraf etish dolzarbligiga urgʻu berildi. Xodimlarning shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi ishlab chiqarish majmualari va sexlar rahbarlari oldida turgan masʼuliyatli vazifalardan biri ekanligi taʼkidlandi. 2026-yilda bir qator ekologik loyihalarni amalga oshirish orqali atrof-muhit muhofazasini taʼminlashga yanada koʻproq kuch va resurslar jalb etilishi aytib oʻtildi. 

  Kun tartibidagi navbatdagi masalada ishlab chiqarish koʻrsatkichlari tahlil qilindi. Mahsulot sifati, qadogʻiga alohida eʼtibor qaratish muhimligi qayd etildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi ishlarni jonlantirish, import oʻrnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish masalasiga ustuvor vazifa sifatida qaraldi. Yigʻilishda korxonaning moliyaviy, iqtisodiy koʻrsatkichlari haqida hisobot tinglandi. Bu jarayonda yurtimizda kimyo sanoatiga qaratilgan eʼtibor hamda sanoat korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan islohotlar samaradorligi eʼtirof etildi. 2025-yilda korxona tomonidan 7 trillion 308 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgani, belgilangan eksport rejasi 104%ga bajarilgani aytib oʻtildi. 

 Yigʻilish davomida taʼminot, sotuv va logistika boʻyicha bajarilgan ishlar ham eʼtibor markazida boʻldi. Moddiy-taxnik bazani yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar natijadorligi xususida soʻz yuritildi. Shuningdek, kadrlar, xodimlar qamrovi yuzasidan axborot tinglandi. Endilikda rahbarlikka nomzodlarni tanlashda yangicha tizimni joriy etish koʻzda tutilgani, ularning nafaqat kasbiy bilimini sinovdan oʻtkazish, balki IQ darajasi, kutilmagan vaziyatlarda tezkorlik bilan toʻgʻri qaror qabul qila olish mahorati ham eʼtiborga olinishi taʼkidlandi. Ijtimoiy soha, qurilish, bunyodkorlik ishlari ham muhokama markazida boʻldi. 

Hisobot yigʻilishida ishtirokchilarning taklif, fikr-mulohazalari tinglandi, tashabbuslari ilgari surildi. Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

So`ngi yangiliklar

...

DOLZARB MAVZUDA MULOQOT TASHKIL ETILDI

03.09.2026
...

MUSTAQILLIK — ULUG‘ NE’MAT

02.09.2026
...

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — MEHNATGA E’TIROF

27.08.2026
...

IFTIXOR HISSI VA E’TIROFDAN MAMNUNLIK

26.08.2026
...

BAYRAM OSHI TAYYORLANMOQDA

26.08.2026
...

AHIL JAMOADA BAYRAM SHUKUHI

26.08.2026
...

KATTA JAMOADA ISTIQLOL NE’MATLARI SHUKRONASI

26.08.2026
...

OZOD VA OBOD VATAN — ENG ULUG‘ NE’MAT

26.08.2026
...

USTUVOR STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

26.08.2026
...

BAYRAMGA MUNOSIB TUHFA

25.08.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish