Asosiy > Yangiliklar > BILIM, MALAKA VA TAJRIBA UYG‘UNLIGI

BILIM, MALAKA VA TAJRIBA UYG‘UNLIGI

Bugundan korxonada faoliyat yuritayotgan kimyoviy tahlil laborantlarining malakasini oshirish kursi boshlandi. Zamonaviy tahlil usullari va standartlar bilan tanishish, yangi uskuna hamda texnologiyalardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish natijadorligini oshirish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan nazariy darslarga o‘qituvchi sifatida ko‘p yillik tajribaga ega, malakali mutaxassislar jalb etilgan.
 
Darslarda kimyoviy tahlil nazariyasi, zamonaviy usullar, laboratoriya asbob-uskunalari bilan ishlash, mahsulotlardan namuna olish va tayyorlash, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, sifat menejmenti va standartlar bo‘yicha ma’lumot beriladi. 

Mashg‘ulotlar yakunidagi imtihon nafaqat tinglovchilarning bilimini baholash, balki ularning toifasini oshirish orqali moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga ham xizmat qiladi. 

30-yanvargacha davom etadigan ushbu malaka oshirish kursi bilimni yangilash barobarida, korxonada sifat, xavfsizlik va samaradorlikni yanada oshirishda muhim omilidir.

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish