Asosiy > Yangiliklar > DAVLAT MUKOFOTI SOVRINDORI QUTLANDI

DAVLAT MUKOFOTI SOVRINDORI QUTLANDI

Kimyo sanoati rivojida yosh, malakali mutaxassislarning o‘rni ahamiyatli. Ularning sohaga muhabbati, iqtidori, ilmiy izlanishlari, yangilikka intilishi mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi.

Korxonaning Ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasi smena katta ustasi Abror Aslonovning ilmga chanqoqligi, o‘z ustida ishlashi nafaqat texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olishi, balki yuksak davlat mukofoti sovrindori bo‘lishiga ham xizmat qildi. 

“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadov va mutasaddilar kasb fidoyisini ushbu e’tirof bilan qutlashdi. Uning samarali mehnati, fidoyiligi, ilm yo‘lidagi izlanishlari korxona yoshlari uchun ibrat ekanligi ta'kidlandi.

Taqdirlash marosimi ishtirokchilari soha vakilining kelgusi faoliyatida ulkan omad hamda muvaffaqiyat yor bo‘lishini tilashdi. Davlat mukofoti sovrindoriga jamiyat nomidan sovg‘a topshirildi.

 

02.07.2025 y.

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish