Asosiy > Yangiliklar > DAVLAT TILI — MILLAT KOʻZGUSI

DAVLAT TILI — MILLAT KOʻZGUSI

      Korxonada Oʻzbek tili bayrami kuniga bagʻishlangan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda o‘zbek tilining xalqimiz ma’naviyati, milliy o‘zligimiz va madaniy merosimizning ajralmas qismi sifatidagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Shuningdek, davlat tilining nufuzini oshirish, uni asrab-avaylash, kundalik faoliyatda adabiy til me’yorlariga rioya qilish hamda ish yuritishda davlat tilidan to‘g‘ri va samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

      Ta’kidlanganidek, ona tiliga hurmat — milliy o‘zlikni anglash, uni e’zozlash esa kelajak avlod oldidagi muhim ma’naviy mas’uliyatdir. Davlat tilining jamiyat hayotidagi mavqeini yuksaltirish, uning sofligini saqlash va boy imkoniyatlaridan unumli foydalanish har bir insonning burchi ekanligi ta’kidlandi. 

      Tadbirning asosiy maqsadi xodimlar o‘rtasida davlat tiliga hurmat va ehtirom tuyg‘usini yanada mustahkamlash, ona tilimizning betakror jozibasi va milliy qadriyatlarimizni ifodalashdagi beqiyos o‘rnini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.

So`ngi yangiliklar

...

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi...

09.10.2026
...

YASHIL HUDUDLAR KENGAYTIRILMOQDA

09.10.2026
...

INTELLEKTUAL BOSHQARUV MARKAZI BARPO ETILMOQDA

08.10.2026
...

MULOQOT MUROJAATLARNI IJOBIY HAL ETISHGA XIZMAT QI...

08.10.2026
...

NOMZODLAR SUHBATDAN O‘TKAZILMOQDA

02.10.2026
...

SALOHIYАTLI KADRLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMO...

02.10.2026
...

Aziz hamkasblar, qadrli korxonamiz xodimlari!

01.10.2026
...

YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA MASLAHATCHI LAVOZIMIGA...

29.09.2026
...

MUTAXASSISLAR MALAKASINI OSHIRISH — SIFAT VA UNUMD...

25.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish