Asosiy > Yangiliklar > DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

Korxonaning o‘quv markazida davlat tilida ish yuritish, hujjatlarni rasmiylashtirishda mas’ul xodimlar malakasini oshirish kurslari tashkil etilgan. 2026-yilning o‘tgan davri mobaynida 60 nafar mutaxassis o‘qitildi. O‘quv mashg‘ulotlarida davlat tilida ish yuritishning me’yoriy talablari, rasmiy hujjatlarni to‘g‘ri va savodli rasmiylashtirish, sohaviy atamalardan o‘rinli foydalanish, matnlarning uslubiy hamda imloviy jihatdan mukammalligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Shuningdek, tinglovchilarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida xizmat xatlari, buyruqlar, ma’lumotnomalar, bayonnomalar va boshqa turdagi hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mazkur o‘quv kurslari korxonada davlat tilida ish yuritish sifatini yanada oshirish, hujjatlarni yagona talablar asosida yuritish hamda mas’ul xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini muntazam takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

 

Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi. Mashg‘ulotlar davomida o‘zbek alifbosiga oid taklif etilayotgan o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati, ularni amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq jihatlar haqida ham tushunchalar berildi. Bu borada mutaxassislarning fikr-mulohazalari tinglanib, yozma nutqda imlo me’yorlariga qat’iy rioya etishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

 

Ayni paytda korxonada davlat tilining mavqeini yanada mustahkamlash, ish yuritishda adabiy til me’yorlariga to‘liq amal qilish, hujjatlar va axborot materiallarining savodxonlik darajasini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Xodimlarning davlat tiliga oid bilim va amaliy ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish esa ushbu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan

So`ngi yangiliklar

...

MALAKALI MUTAXASSISLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM E...

08.09.2026
...

YAYLOV QISHLOG‘IDA ZAMONAVIY MAKTAB FILIALI FOYDAL...

07.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA MULOQOT TASHKIL ETILDI

03.09.2026
...

MUSTAQILLIK — ULUG‘ NE’MAT

02.09.2026
...

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — MEHNATGA E’TIROF

27.08.2026
...

IFTIXOR HISSI VA E’TIROFDAN MAMNUNLIK

26.08.2026
...

BAYRAM OSHI TAYYORLANMOQDA

26.08.2026
...

AHIL JAMOADA BAYRAM SHUKUHI

26.08.2026
...

KATTA JAMOADA ISTIQLOL NE’MATLARI SHUKRONASI

26.08.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish