- Biz haqimizda
- Korporativ boshqaruv
- Mahsulotlar katalogi
- Hamkorlar
-
Matbuot markazi
-
Yangiliklar
-
Gender tengligi
-
Bizning Faxrimiz
-
Rasm galereyasi
-
Videogalereya
-
“Navoiy kimyogari” gazetasi
-
Izohlar
-
Ommaviy axborot vositalarida nashrlar
-
Davlat ramzlari
-
Elektron hukumat tizimi
- Tadbirlar
-
Davlat dasturlari
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
-
Yangiliklar
- ESG
-
Barqarorlik
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining logistika boʻyicha oʻrinbosari Axmatullo Shononovning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Muhammadali Vafoyevning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish Strategiyasi
-
Ichki me'yoriy hujjatlar
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha asosiy hujjatlar
-
Aloqa kanallari
-
Hisobotlar
-
Monopoliyaga qarshi komplaens xizmati
-
Targ'ibot tadbirlari
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
- Aloqa
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
Asosiy > Yangiliklar > E’lon
E’lon
“Nаvoiyazot” AJda ishlab chiqarilayotgan mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarni vaqtinchalik saqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzishda Respublikamizning Andijon, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tadbirkorlik subyektlari va boshqa talabgor korxonalar o‘rtasida teng raqobat muhitini yaratish, jarayonning xolis va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida korxonaning barcha viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida vakolatli omborlarni tashkil qilish tanlov asosida o‘tishini e’lon qiladi.
Mineral o‘g‘itlarni saqlash uchun texnik va xavfsizlik talablariga to‘la javob beradigan vakolatli omborlarni hamda uni tashkil etuvchi munosib talabgorlarni tanlab olish elektron savdo tizimi orqali tanlov asosida maxsus tartibga asosan amalga oshiriladi va quyidagi talablar mavjud:
VAKOLATLI OMBORNI TASHKIL QILISH
1. Vakolatli omborlarni tashkil etadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar quyidagi talablarga javob berish kerak:
-yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi;
-O‘zbekiston Respublikasida joylashgan bo‘lishi;
-O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, sog‘lom moliyaviy faoliyatga ega bo‘lgan, o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishda yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, mustaqil balansiga yoki smetasiga ega bo‘lgan tashkilot.
2. Tanlov talabgorlardan kelib tushgan takliflar asosida amalga oshiriladi.
3. Uchinchi shaxsga tegishli bo‘lgan omborxonalardan foydalangan holda vakolatli ombor, bank kafolati yoki boshqa likvidli qiymatga ega kafolat bilan ta’minlangan holda tashkil qilish mumkin.
4. O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi vakolatli ombor tashkil qilish bo‘yicha ariza topshirishi mumkin.
VAKOLATLI OMBOR TANLOVIDA ISHTIROK ETISH UCHUN TALAB QILINADIGAN HUJJATLAR
1. Yuridik shaxs nomidan tanlovda ishtirok etish uchun korxona rahbarining nomidan ariza (erkin shaklda firmenniy blankada).
2. Ombor turi, hajmi, sig‘imi (kadastr hujjatlaridan nusxa). Agarda ijara shartnoma asosida foydalanishga olinadagan ombor bo‘lsa soliq saytidan olingan elektron ijara shartnoma nusxasi;
3. Ombor hamda qo‘yiladigan mol-mulkning (agar ko‘chmas mulk bo‘ladigan bo‘lsa) buzilishga tushmaganligi to‘g‘risida tegishli tashkilotdan ma’lumotnoma.
4. Omborning temir yo‘l izlari bilan ta’minlanganligi (yoki ombor hududidan 5 km uzoqlikkacha mavjud bo‘lgan temiryo‘l izi) va uning texnik sozligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (Temiryo‘l boshqarmasidan yoki temiryo‘l stansiyasidan).
5. Talabgor-yuridik shaxs bo‘yicha ma’lumotlar:
- korxona/tashkilotning to‘liq va qisqartirilgan yuridik nomi;
- yuridik va haqiqiy manzili;
- nizom nusxasi, ta’sischilar shartnomasi, guvohnoma nusxasi;
- tashkilot/korxona rahbarining pasport nusxasi, ishga tayinlash bayonnomasi va buyruq nusxasi.
6. Tuman/shahar soliq bo‘limlaridan ma’lumotnoma (byudjetdan va yer solig‘idan, mulk solig‘idan qarzdorligi).
7. Xizmat ko‘rsatuvchi bankidan ma’lumotnoma (mavjud inkassa, hisob-raqamlar to‘g‘risida).
8. Garovga qo‘yiladigan mol-mulk kadastr hujjatlari, uni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining hududiy bo‘limlarini baholash hisoboti nusxasi (tashkilotning mol-mulkini garovga qo‘yish bo‘yicha hamda tanlovda ishtirok etish yuzasidan ta’sischilarning yig‘ilish bayoni nusxasi (tanlab olingan yuridik shaxs tomonidan garovga qo‘yilayotgan moddiy boyliklar notarial tartibda tasdiqlanadi)).
-garovga qo‘yilayotgan mol-mulkning qiymati, omborxona mahsulot sig‘imidan kelib chiqib, ortiladigan mahsulot summasidan kam bo‘lmasligi talab etiladi.
9. Sug‘urta shartnomasi (nusxasi) va sug‘urta polisi (asli).
10. Kuzatuv kameralarining joylashuv xaritasi, elektron yoki mexanik yuk avtotarozilarining joylashuv xaritasi va internet tarmog‘iga ulanganlik to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi.
· 11 Videokuzatuv kameralari (Hikvision) va tarmoq uskunalari pasportlari, parametrlari va joylashuv xaritasi, videokuzatuv kameralariga (Hikvision IP- kameralar o‘rnatilishi , RSTP va ONVIF protokoli orqali: IP manzili, Port, Login, Parol, Pin-kod; RTSP protokoli orqali: to‘liq tarmoq manzillari, UPS zaxira quvvat manbai 3 soatgacha) masofadan ulanish ma’lumotlari, elektron/mexanik yuk avtotarozilarining joylashuv xaritasi va internet tarmog‘iga ulaganlik to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi, saqlash (muddatidan qat’iy nazar) ortish xizmati uchun.
12. Tanlov g‘oliblariga saqlash shartnomasi rasmiylashtiriladi amal qilish muddati 2 yil bo‘lib, lozim bo‘lgan taqdirda qo‘shimacha shartnoma orqali yana 1 yilga uzaytiriladi.
VAKOLATLI OMBORGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Omborning saqlash rejimi, birinchidan, mahsulotlarning saqlash sharoitiga qarab, ikkinchidan, omborda bajariladigan qo‘shimcha vazifalarga ko‘ra omborlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- ombor turi: (temir beton, pishgan g‘isht (beton blok), metall konstruksiya, sendvich-panel, pol qoplamalari beton yoki asfalt), hajmi, sig‘imi 3000 tn 1200 kv.m dan, balandligi 4 metrdan kam bo‘lmasligi hamda omborxonaning‘ old va orqa tomonlaridan darvozalar bo‘lishi talab etiladi (xom g‘ishtdan, paxsa devordan qurilgan omborlar tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi);
- omborning hududi va perimetr atrofi yoritish moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi;
- omborxonalarning zaxira chiqish (evakuatsiya) eshiklari bo‘lishi;
- ombor, binolarga avtomatik yong‘inga qarshi signalizatsiyasi o‘rnatilganligi;
- ombor, bino (inshootlar) va hududlarni yong‘inga qarshi qalqonlar bilan jihozlanganligi;
- ombor hududida hujjatlashtirish ishlari uchun alohida bino (xona)ning mavjudligi;
- kechayu-kunduz qo‘riqlash uchun sharoitning mavjudligi;
- omborlarning ichki va tashqi hududi, kirish-chiqish va hudud perimetri bo‘yicha (kamida 4MP, kun/tun avtomatik o‘tish rejimi, H.264 yoki H.265 formatda saqlash, ONVIF/T va RTSP protokollarida ishlash, video va audio yozib olish, antivandal va ob-havo ta’siriga chidamli) jihozlanganligi;
- elektron yuk avtotarozilari va videokuzatuv kameralari (ONVIF va RTSP protokollari asosida) ma’lumotlarini korxona va “O‘zkimyosanoat” AJ Avtomatlashgan axborot analitik markazlariga uzluksiz ravishda yuborilishi ta’minlanganligi;
- videokuzatuv kameralari tokni muqobil ushlab turish va tasvirlarni kamida 30 kun saqlash uskunalari bilan jihozlanganligi;
- onlayn tarzda internet tarmog‘iga ulangan kompyuter texnikalar va elektron yuk avtotarozilari bilan ta’minlanganligi;
- uzluksiz elektr energiya ta’minoti bilan ta’minlanganligi;
- kechayu kunduz qo‘riqlash uchun sharoitning mavjudligi.
Eslatma: "Buyurtmachi" va "Bajaruvchi" o‘rtasida onlayn axborot almashinuvini ta’minlash uchun kamida 6 Mbit/s tezlikka ega optik tolali internet tarmog‘iga ulanish va "EZVIZ" platformasi ro‘yxatidan o‘tish tavsiya etiladi.
-garov miqdori 15 mlrd. so‘mdan kam bo‘lmagan, ko‘chmas mulk (kvartiradan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan naqd pul shaklidagi moddiy boyliklar.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan xo‘jalik subyektlari, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni quyidagi elektron pochta manziliga yuborishlarini so‘raymiz:
Ma’lumot olish uchun:
Pochta manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri - 5
Telefon:+99879 229-25-34
+998(90) 501-88-07
e-mail: ktr5@navoiyazot.uz
Tanlovda ishtrok etish istagi bulgan tadbirkorlar uchun hujjatlarni konvertga pechat
bosilgan holda joriy yilning 10 avgust sanasigacha “Navoiyazot” AJga topshirilishini
taminlashingiz mumkin.
21.07.2025 y.
So`ngi yangiliklar

YONG‘INDAN OGOHLIK — DAVR TALABI
15.10.2025
EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH MUHIM VAZIFA
15.10.2025
INTIZOM — ISHDAGI UNUMDORLIK KAFOLATI
15.10.2025
SIFAT VA FAOLIYАT E’TIROF ETILDI
14.10.2025
INVESTITSION LOYIHALAR O‘RGANILDI
14.10.2025
YANGI LOYIHA MUHOKAMA ETILDI
14.10.2025
HUJJATLI FILM TASVIRGA OLINMOQDA
13.10.2025
KORXONA HOMIYLIGIDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILM...
10.10.2025
YARMARKA TASHKIL ETILDI
10.10.2025
QULAYLIK SAMARADORLIKKA XIZMAT QILADI
10.10.2025