Asosiy > Yangiliklar > E’lon

E’lon

               Forma №1

NAVOIYAZOT” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarni vaqtinchalik saqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzishda Respublikamizning Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo,Surxondaryo, Navoiy, Buxoro, Xorazim viloyatlari tadbirkorlik sub’ektlari va boshqa talabgor korxonalar o‘rtasida teng raqobatbardoshlik, jarayonini xolis va shaffof o‘tqazilishini ta’minlash maqsadida, korxonaning Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo,Surxondaryo, Navoiy, Buxoro, Xorazim viloyatlari xududlarida vakolatli omborlarni tashkil qilishni tanlov asosida o‘tqazilishini e’lon qiladi.

Mineral o‘g‘itlarni saqlash uchun texnik va xavfsizlik talablariga to‘la javob beradigan vakolatli omborlarni hamda uni tashkil etuvchi munosib talabgorlarni tanlab olish elektron savdo tizimi orqali tanlov asosida maxsus tartibga asosan amalga oshiriladi va qo‘yidagi talablarni e’lon qiladi:

 

VAKOLATLI OMBORNI TAShKIL QILISh

 

1. Vakolatli omborlarni tashkil etadigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar qo‘yidagi talablarga javob berish kerak:

-yuridik shaxs maqomiga ega;

-O‘zbekiston Respublikasida joylashgan;

-O‘zbekiston Respublikasining qonun xujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, sog‘lom moliyaviy faoliyatga ega bo‘lgan, o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishda yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, mustaqil balansiga yoki smetasiga ega bo‘lgan tashkilot.

2. Tanlov talabgorlardan kelib tushgan takliflar asosida amalga oshiriladi.

3. Uchinchi shaxsga tegishli bo‘lgan omborxonalardan foydalangan holda vakolatli ombor, bank kafolati yoki boshqa likvidli qiymatga ega kafolat bilan ta’minlangan holda tashkil qilish mumkin.

4. O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi vakolatli ombor tashkil qilish bo‘yicha ariza topshirishi mumkin.

 

VAKOLATLI OMBOR TANLOVIDA IShTIROK ETISh UChUN TALAB QILINADIGAN HUJJATLAR

 

1. Yuridik shaxs nomidan tanlovda ishtirok etish uchun korxona rahbarining nomidan ariza (erkin shaklda firmennыy blankada).

2.  Ombor turi, hajmi, sig‘imi (kadastr hujjatlaridan nusxa). Agarda ijara shartnoma asosida foydalanishga olinadagan ombor bo‘lsa soliq saytidan olingan elektron ijara shartnoma nusxasi;

3. Ombor hamda qo‘yiladigan mol-mulkning (agar ko‘chmas mulk bo‘ladigan bo‘lsa) buzilishga tushmaganligi to‘g‘risida tegishli tashkilotdan ma’lumotnoma.

            4. Omborning temir yo‘l izlari bilan ta’minlanganligi (yoki ombor hududidan 5 km o‘zoqlikkacha mavjud bo‘lgan temir yo‘l izi) va uning texnik sozligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (Temir yo‘l boshqarmasidan yoki temir yo‘l stansiyasidan).

            5. Talabgor-yuridik shaxs bo‘yicha ma’lumotlar:

            - korxona/tashkilotning to‘liq va qisqartirilgan yuridik nomi;

            - yuridik va haqiqiy manzili;

            - nizom nusxasi, ta’sischilar shartnomasi, guvohnoma nusxasi;

            - tashkilot/korxona rahbarining pasport nusxasi, ishga tayinlash bayonnomasi va buyruq nusxasi.

            6. Tuman/shahar soliq bo‘limlaridan ma’lumotnoma (budjetdan va yer solig‘idan, mulk solig‘idan qarzdorligi).

            7. Xizmat ko‘rsatuvchi bankidan ma’lumotnoma (mavjud inkasso, hisob-raqamlar to‘g‘risida).

            8. Garovga qo‘yiladigan mol-mulk kadastr xujjatlari, uni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining xududiy bo‘limlarini baxolash xisoboti nusxasi (tashkilotning mol-mulkini garovga qo‘yish bo‘yicha hamda tanlovda ishtirok etish yuzasidan ta’sischilarning yig‘ilish bayoni nusxasi (tanlab olingan yuridik shaxs tomonidan garovga qo‘yilayotgan moddiy boyliklar notarial tartibda tasdiqlanadi)).

            -garovga qo‘yilayotgan mol-mulkning qiymati, omborxona mahsulot sig‘imidan kelib chiqib, ortiladigan mahsulot summasidan kam bo‘lmasligi talab etiladi.

9. Sug‘urta shartnomasi (nusxasi) va sug‘urta polisi (asli).

10. Kuzatuv kameralarining joylashuv xaritasi, elektron yoki mexanik yuk avtotarozilarining joylashuv xaritasi va internet tarmog‘iga ulanganlik tug‘risidagi shartnoma nusxasi.

·           11 Videokuzatuv kameralari (Hikvision) va tarmoq uskunalari pasportlari, parametrlari va joylashuv xaritasi, Videokuzatuv kameralariga (Hikvision IP- kameralar o‘rnatilishi ,  RSTP va ONVIF protokoli orqali: IP manzili, Port, Login, Parol, Pin-kod; RTSP protokoli orqali: to‘liq tarmoq manzillari, UPS zaxira quvvat manbai 3 soatgacha) masofadan ulanish ma’lumotlari, elektron/mexanik yuk avtotarozilarining joylashuv xaritasi va internet tarmog‘iga ulaganlik to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi, saqlash (muddatidan qat’i nazar), ortish xizmati uchun.

12.  Konkurs g‘oliblariga saqlash shartnomasi rasmiylashtiriladi a’mal qilish muddati 2 yil bo‘lib, lozim bo‘lgan taqdirda qo‘shimach shartnoma orqaliqali ya’na 1 yilga uzaytiriladi.

 

 

VAKOLATLI OMBORGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

 

Omborning saqlash rejimi, birinchidan, mahsulotlarning saqlash sharoitiga qarab, ikkinchidan, omborda bajariladigan qo‘shimcha vazifalarga ko‘ra omborlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

- ombor turi: (temir beton, pishgan g‘isht (beton blok), metall konstruksiya, sendvich-panel, pol qoplamalari beton yoki asfalt), hajmi, sig‘imi 3000 tn 1200 kv.m dan, balandligi 4 metrdan kam bo‘lmasligi hamda omborxonaning‘ old va orqa tomonlaridan darvozalar bo‘lishi ta’lab etiladi (xom g‘ishtdan, paxsa devordan qurilgan omborlar tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi);

- omborning hududi va perimetr atrofi yoritish moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi;

- omborxonalarning zaxira chiqish (evakuatsiya) eshiklari bo‘lishi;

- ombor, binolarga avtomatik yong‘inga qarshi signalizatsiyasi o‘rnatilganligi;

- ombor, bino (inshootlar) va hududlarni yong‘inga qarshi qalqonlar bilan jihozlanganligi;

- ombor hududida hujjatlashtirish ishlari uchun alohida bino (xona)ning mavjudligi;

- kechayu-kunduz qo‘riqlash uchun sharoitning mavjudligi;

- omborlarning ichki va tashqi hududi, kirish-chiqish va hudud perimetri bo‘yicha (kamida 4MP, kun/tun avtomatik o‘tish rejimi, H.264 yoki H.265 formatda saqlash, ONVIF/T va RTSP protokollarida ishlash, video va audio yozib olish, antivandal va ob-havo ta’siriga chidamli) jihozlanganligi;

- elektron yuk avtotarozilari va videokuzatuv kameralari (ONVIF va RTSP protokollari asosida) ma’lumotlarini korxona va “O‘zkimyosanoat” AJ Avtomatlashgan axborot analitik markazlariga uzluksiz ravishda yuborilishi ta’minlanganligi;                -          - videokuzatuv kameralari tokni muqobil ushlab turish va tasvirlarni kamida 30 kun saqlash uskunalari bilan jihozlanganligi;

            - onlayn tarzda internet tarmog‘iga ulangan kompyuter texnikalar va elektron yuk avtotarozilari  bilan ta’minlanganligi;

- uzluksiz elektr energiya ta’minoti bilan ta’minlanganligi;

- kechayu-kunduz qo‘riqlash uchun sharoitning mavjudligi.

Eslatma: "Buyurtmachi" va "Bajaruvchi" o‘rtasida onlayn axborot almashinuvini ta’minlash uchun kamida 6 Mbit/s tezlikka ega optik tolali internet tarmog‘iga ulanish va "EZVIZ" platformasi ro‘yxatidan o‘tish tavsiya etiladi.

- ombor turi: (temir beton, pishgan g‘isht (beton blok), metall konstruksiya, sendvich-panel, pol qoplamalari beton yoki asfalt), hajmi, sig‘imi 3000 tn 1200 kv.m dan, balandligi 4 metrdan kam bo‘lmasligi hamda omborxonaning‘ old va orqa tomonlaridan darvozalar bo‘lishi ta’lab etiladi (xom g‘ishtdan, paxsa devordan qurilgan omborlar tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi);

Tanlovda ishtrok etish istagi bulgan tadbirkorlar uchun hujjatlarni konvertga pechat
bosilgan holda joriy yilning 10 sentiyabr sanasigacha “Navoiyazot” AJga topshirilishini
taminlashingiz mumkin.

Ma’lumot olish uchun:

Pochta manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri - 5

Telefon:+99879 229-25-34

    +998(90) 501-88-07

                       

e-mail: ktr5@navoiyazot.uz

 

 

 

So`ngi yangiliklar

...

YONG‘INDAN OGOHLIK — DAVR TALABI

15.10.2025
...

EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH MUHIM VAZIFA

15.10.2025
...

INTIZOM — ISHDAGI UNUMDORLIK KAFOLATI

15.10.2025
...

SIFAT VA FAOLIYАT E’TIROF ETILDI

14.10.2025
...

INVESTITSION LOYIHALAR O‘RGANILDI

14.10.2025
...

YANGI LOYIHA MUHOKAMA ETILDI

14.10.2025
...

HUJJATLI FILM TASVIRGA OLINMOQDA

13.10.2025
...

KORXONA HOMIYLIGIDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILM...

10.10.2025
...

YARMARKA TASHKIL ETILDI

10.10.2025
...

QULAYLIK SAMARADORLIKKA XIZMAT QILADI 

10.10.2025

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish