Asosiy > Yangiliklar > GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

Korxonada jamiyat yoshlari, xodimlari ishtirokida “Giyohvandlik, uning huquqiy hamda tibbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Dastlab yig‘ilganlar e’tiboriga psixotrop va giyohvand moddalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan “Drug Dealer ko‘zni ochish vaqti keldi” nomli insta serial namoyish etildi. Tadbirda viloyat IIB mas’ul xodimlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi vakillari, viloyat Narkologiya markazi mutaxassisi ishtirok etdi.

Uchrashuvda giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining inson salomatligi, oila va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, shuningdek, mazkur illat bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari haqida batafsil ma’lumot berildi. Mutaxassislar tomonidan giyohvandlikning oldini olish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning huquqiy va tibbiy savodxonligini oshirish, zararli odatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanganidek, giyohvandlikka qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi va tibbiyot muassasalarining, balki har bir fuqaroning mas’uliyati hisoblanadi. Shu bois korxonada xodimlar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda turli salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni izchil davom ettirish lozimligi qayd etildi. Shuningdek, kiberfiribgarlar tuzog‘iga tushmaslik bo‘yicha ma’lumot berilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.

So`ngi yangiliklar

...

FAVQULODDA VAZIYATLARDA HARAKATLANIŞ VA BIRINÇI TI...

13.11.2026
...

NOYABR OYINING IKKINÇI PAYŞANBASI BUTUNJAHON SIFAT...

12.11.2026
...

E’ZOZ VA EHTIROM — INSON QADRINING YUKSAK IFODASI

11.11.2026
...

11-NOYABR — ÖZBEKISTON KASABA UYUŞMALARI KUNI

11.11.2026
...

“NAVOIYAZOT” AJDA INVESTITSIYA QÖMITASINING NAVBAT...

11.11.2026
...

INTELLEKTUAL BELLAŞUV YAKUNLANDI

10.11.2026
...

«NAVOIYAZOT» AJDA XALQARO MENEJMENT STANDARTLARI T...

10.11.2026
...

"ZAKOVAT" MAYDONIDAGI BILIMDONLAR

10.11.2026
...

SOĞLIK YÖLIDAGI FIDOKORONA MEHNAT

07.11.2026
...

KÖZ NURI – BEBAHO NE’MAT

07.11.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish