Asosiy > Yangiliklar > ILM-FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI KIMYO SANOATI RIVOJIDA MUHIM

ILM-FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI KIMYO SANOATI RIVOJIDA MUHIM

Mamlakatimiz yetakchisi boshchiligida joriy yilning 2-iyunida bo‘lib o‘tgan kimyo sanoatini rivojlantirishga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti boshchiligidagi bir guruh olimlar “Navoiyazot” AJga kelishdi.

Korxona mas’ullari tomonidan mehmonlarga jamiyat haqida batafsil ma’lumot berilib, amalga oshirilayotgan ishlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, yangi investitsion loyihalar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Muloqot davomida mahalliy xomashyo resurslarini qayta ishlash, import o‘rnini bosuvchi, qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni o‘rganish, ilm-fan va ishlab chiqarish hamkorligini yanada kengaytirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. 

Uchrashuvda ilmiy-tadqiqot institutlari hamda korxona mutaxassislari bilan ishlash orqali mavjud muammolarga yechim topish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish