Asosiy > Yangiliklar > JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Korxonaning faollar zalida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda huquq tartibot idoralari xodimlari, diniy qo‘mita vakillari, ma’naviyat targʻibotchilari ishtirok etishdi. Suhbat jarayonida terrorizm, ekstremizmning salbiy oqibatlari, diniy ma’lumotlarni olish tartibi, islom mohiyatini anglash borasida soʻz yuritildi.

Muloqot davomida korrupsiyaga qarshi kurashishning ahamiyati, ushbu illatning oldini olish dolzarbligi haqida ham fikr-mulohazalar bildirildi. Ish jarayonida poraxo‘rlik va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, bu borada qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik masalalari haqida ma’lumot berildi. 

Shuningdek, uchrashuvda оiladagi ma’naviy muhitning farzand tarbiyasidagi oʻrniga e’tibor qaratildi. Ota-onaning bolalarga vaqt ajratishi, ularga faqat ta’lim emas, tarbiya berishning muhimligi, ommaviy madaniyatning salbiy ta’siridan himoya qilish lozimligi qayd etildi. Muloqot ishtirokchilari mavzular yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

So`ngi yangiliklar

...

DOLZARB MAVZUDA MULOQOT TASHKIL ETILDI

03.09.2026
...

MUSTAQILLIK — ULUG‘ NE’MAT

02.09.2026
...

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — MEHNATGA E’TIROF

27.08.2026
...

IFTIXOR HISSI VA E’TIROFDAN MAMNUNLIK

26.08.2026
...

BAYRAM OSHI TAYYORLANMOQDA

26.08.2026
...

AHIL JAMOADA BAYRAM SHUKUHI

26.08.2026
...

KATTA JAMOADA ISTIQLOL NE’MATLARI SHUKRONASI

26.08.2026
...

OZOD VA OBOD VATAN — ENG ULUG‘ NE’MAT

26.08.2026
...

USTUVOR STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

26.08.2026
...

BAYRAMGA MUNOSIB TUHFA

25.08.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish