Asosiy > Yangiliklar > KORXONA KASABA UYUSHMA QO‘MITASI RAISI SAYLANDI

KORXONA KASABA UYUSHMA QO‘MITASI RAISI SAYLANDI

Konferensiyada korxona kasaba uyushma qo‘mitasi raisini saylash masalasi  ko‘rib chiqildi. Ushbu lavozimga amalda ushbu vazifada faoliyat yuritayotgan Feruza Fayziyeva hamda ijtimoiy masalalar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Tolmas Ro‘zimurotovlarning nomzodi qo‘yildi.

Nomzodlardan birini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yopiq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylovda 176 nafar delegat ishtirok etdi. Ularning 6 nafari betaraf ekanligini bildirgan bo‘lsa, 126 ta ovoz bilan Feruza Fayziyeva korxona kasaba uyushma qo‘mitasi raisligiga qayta saylandi. 

Konferensiya ishtirokchilari delegatlarning katta qismi ishonch bildirgan qo‘mita raisini muborakbod etib, Feruza Fayziyevaning kelgusi yillardagi faoliyatida shijoat va kuch-quvvat tiladilar.

Shuningdek, jamiyat kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibi, taftish komissiyasi raisi, tarkibi, O‘zbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining viloyat Kengashi tarkibiga vakillar saylandi.

So`ngi yangiliklar

...

DOLZARB MAVZUDA MULOQOT TASHKIL ETILDI

03.09.2026
...

MUSTAQILLIK — ULUG‘ NE’MAT

02.09.2026
...

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — MEHNATGA E’TIROF

27.08.2026
...

IFTIXOR HISSI VA E’TIROFDAN MAMNUNLIK

26.08.2026
...

BAYRAM OSHI TAYYORLANMOQDA

26.08.2026
...

AHIL JAMOADA BAYRAM SHUKUHI

26.08.2026
...

KATTA JAMOADA ISTIQLOL NE’MATLARI SHUKRONASI

26.08.2026
...

OZOD VA OBOD VATAN — ENG ULUG‘ NE’MAT

26.08.2026
...

USTUVOR STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

26.08.2026
...

BAYRAMGA MUNOSIB TUHFA

25.08.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish