Asosiy > Yangiliklar > KORXONA VAKILLARI XALQARO KO‘RGAZMADA ISHTIROK ETISHMOQDA

KORXONA VAKILLARI XALQARO KO‘RGAZMADA ISHTIROK ETISHMOQDA

19-21-iyun kunlari Toshkent shahri “Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasiga mezbonlik qiladi.  

“Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” doirasida tashkil etilgan tadbir Markaziy Osiyoda ekologik texnologiyalar, ilg‘or tajriba va yechimlar almashinuviga xizmat qilib, unda investorlar, mahalliy hokimiyat vakillari, yirik ishlab chiqarish quvvatlari mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

Mazkur ko‘rgazma yashil rivojlanish siyosatning ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan bir paytda moliyalashtirishning strategik imkoniyatlarini o‘rganish, ekologik muammolar bo‘yicha tashabbus va vositalarni namoyish etish, manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash imkonini beradi.  

Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, suv xavfsizligi, yashil infratuzilma, barqaror qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda o‘zaro fikr almashishga qaratilgani bilan e’tiborga molik.

Ushbu tadbirda “Navoiyazot”AJ mutaxassislari ham o‘z taklif va tashabbuslari bilan ishtirok etishmoqda.

So`ngi yangiliklar

...

DOLZARB MAVZUDA MULOQOT TASHKIL ETILDI

03.09.2026
...

MUSTAQILLIK — ULUG‘ NE’MAT

02.09.2026
...

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — MEHNATGA E’TIROF

27.08.2026
...

IFTIXOR HISSI VA E’TIROFDAN MAMNUNLIK

26.08.2026
...

BAYRAM OSHI TAYYORLANMOQDA

26.08.2026
...

AHIL JAMOADA BAYRAM SHUKUHI

26.08.2026
...

KATTA JAMOADA ISTIQLOL NE’MATLARI SHUKRONASI

26.08.2026
...

OZOD VA OBOD VATAN — ENG ULUG‘ NE’MAT

26.08.2026
...

USTUVOR STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

26.08.2026
...

BAYRAMGA MUNOSIB TUHFA

25.08.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish