Asosiy > Yangiliklar > KORXONADA XALQARO STANDART JORIY ETILMOQDA

KORXONADA XALQARO STANDART JORIY ETILMOQDA

    “Navoiyazot” AJda informatsion xavfsizlikni yanada kuchaytirish, zamonaviy xalqaro talablarga muvofiq axborot xavfsizligi menejmenti tizimini shakllantirish maqsadida ISO/IEC 27001:2022 “Axborot xavfsizligi menejmenti tizimi” xalqaro standartini joriy etish loyihasi boshlandi. Bu yo‘nalishda professional konsalting ko‘magini ko‘rsatish maqsadida “OFFBOX” MChJ vakillari korxonada bo‘lishdi. Mutaxassislar tomonidan jamiyatda mavjud axborot resurslari va aktivlarini kompleks xatlovdan o‘tkazish, ularning muhimlik darajasi, axborot xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillarni aniqlash hamda baholash bo‘yicha dastlabki ishlar amalga oshirildi.

    Jarayonda axborot xavfsizligini ta’minlashning amaldagi holati o‘rganilib, mavjud jarayonlarni xalqaro standart talablariga muvofiqlashtirish, aniqlangan xavflarni boshqarish hamda ularning oldini olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Loyiha doirasida axborot aktivlarini boshqarish, xavflarni tizimli ravishda baholash, ularni kamaytirish mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, tegishli ichki me’yoriy hujjatlar va jarayonlarni xalqaro standart talablariga moslashtirish bo‘yicha strategik yo‘nalishlar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

    Mazkur xalqaro standartning korxonada joriy etilishi axborot xavfsizligini boshqarish jarayonlarini tizimlashtirish, ma’lumotlarning maxfiyligi, yaxlitligi va mavjudligini ta’minlash, axborot xavflarini samarali boshqarish hamda raqamli infratuzilmaning barqarorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga bunday amaliy ishlar sohadagi zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish, xalqaro talablar asosida ish jarayonlarini takomillashtirish va hamkorlar ishonchini yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish