Asosiy > Yangiliklar > KORXONANING “ENG FAOL INNOVATOR AYОL”LARI ANIQLANDI

KORXONANING “ENG FAOL INNOVATOR AYОL”LARI ANIQLANDI


Xotin-qizlarning iqtidor va qobiliyatini yuzaga chiqarish, ularning faolligini yanada oshirish, kimyogar ayollarning soha rivojiga qaratilgan innovatsion loyihalarini ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etish hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida har yili “O‘zkimyosanoat”AJ tarmoq korxonalari xodimlari o‘rtasida an’anaviy “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda.  

Tanlovning joriy yilgi korxona bosqichida jamiyatda faoliyat yuritayotgan 6 nafar mutaxassislar o‘z taklif va loyihalari bilan ishtirok etishdi. Tanlangan mavzularning dolzarbligi, yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish, tabiiy resurslar tejamkorligiga erishish, iqtisodiy barqarorlikka qaratilgani hakamlar hay’ati a’zolarining e’tiborini tortdi. 

Taqdimot va loyihalar bo‘yicha o‘tkazilgan savol-javoblar natijasiga ko‘ra, 919-sex xodimi Umriniso Boyevaning “Minerallashgan massani xlorid kislotali boyitishda hosil bo‘lgan shlamdan NPK olish” loyihasi 3-o‘ringa munosib topildi. 

201-sex vakili Maftuna Qobilova “Vinilxlorid ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan simob xlorid katalizatorini zararsizlantirishning innovatsion usullari” ishlanmasi bilan 2-o‘rinni egalladi. 

33-sex mutaxassisi Zulayho Norqulova “Navoiyazot”AJda temir(III) sulfat va uning asosida “Fersuloxy” koagulyantini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish” loyihasi bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Barcha ishtirokchilar jamiyat kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan rag‘batlantirildi, 3 ta o‘rin sohiblari esa respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish