Asosiy > Yangiliklar > MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

   “O‘zkimyosanoat” AJ hamda “Navoiyazot” AJ mutasaddilari AQShdagi sanoat suvini tozalash, suvni qayta ishlatish, chuchuklashtirish va oqova suvlarni qayta ishlash texnologiyalariga ixtisoslashgan "Aquatech" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Devesh Sharma hamda mas’ullar bilan uchrashdilar. Samimiy muloqotda suv resurslaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlarida suv sarfini kamaytirish hamda oqova suvlarni zamonaviy texnologiyalar asosida tozalash va qayta ishlatish masalalari muhokama qilindi.

   Tomonlar korxonada suvni tejash, aylanma suv ta’minoti tizimlarini takomillashtirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan istiqbolli yechimlarni joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, xalqaro tajribani o‘rganish, ilg‘or texnologiyalarni mahalliy ishlab chiqarish sharoitlariga moslashtirish hamda hamkorlikda texnik-iqtisodiy jihatdan samarali loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.

   Uchrashuvda suv resurslaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarishning ekologik xavfsizligini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarida o‘zaro muloqotni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi. Bu esa tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish va atrof-muhit muhofazasida ham dolzarb ahamiyatga ega.

So`ngi yangiliklar

...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026
...

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi...

09.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish