Asosiy > Yangiliklar > MEHNAT FAXRIYSI HOLIDAN XABAR OLINDI

MEHNAT FAXRIYSI HOLIDAN XABAR OLINDI

Rahmat Amanov korxonada 41 yil davomida mehnat qilgan.

1965-yilda Navoiy kimyo kombinatidagi faoliyatini ammiak-1,2 va 3-navbatlarida smena boshlig‘i vazifasidan boshlab, ammiak ishlab chiqarish majmuasi boshlig‘igacha bo‘lgan mas’uliyatli lavozimlarda mehnat qildi.

1980-yildan boshlab kasaba uyushma qo‘mitasi raisi sifatida 7 yil davomida mehnatkashlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shdi. So‘ngra 15 yillik faoliyatini ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, bosh texnolog bo‘lib ishlashga bag‘ishladi.

Texnologik jarayonlarning uzluksizligini ta’minlash uchun Fransiya, Belgiya, Buyuk Britaniyada bir necha marotaba malaka oshirib, tajribasini ish jarayoniga tadbiq etdi.

Mehnat faxriysining 85 yoshi munosabati bilan korxona kasaba uyushma qo‘mitasi mutasaddilari otaxonning xonadonida bo‘lishdi, hurmat va ehtirom ko‘rsatildi. Ularning samarali mehnati hamisha qadrli ekanligi, bugun korxonada faoliyat yuritayotgan xodimlar ustoz sifatida e’tirof etishlari ta’kidlandi.

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish