Asosiy > Yangiliklar > MUSTAQILLIK BAYRAMIGA MUNOSIB TUHFA

MUSTAQILLIK BAYRAMIGA MUNOSIB TUHFA

Korxonaga qarashli sanatoriy-profilaktoriydagi bunyodkorlik ishlari yakunlanish arafasida. Bu yerda xodimlarning salomatligini tiklash, ularning munosib sharoitda dam olishi, reabilitatsiya jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Shinam xonalar, tibbiy muolajalar, mazmunli hordiq chiqarish uchun qulay sharoit, sport inshootlari, obod, ko‘kalamzorlashtirilgan maskan mehnat unumdorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Majmuaning foydalanishga topshirilishi xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligi muhofazasi va hayoti sifatiga ijobiy ta’sir etadi. Ushbu loyiha korxonada inson qadrini ulug‘lash, xodimlar farovonligini ta’minlash hamda mehnat jamoasi uchun munosib ijtimoiy infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan ezgu ishlarning uzviy davomidir. Zamonaviy sanatoriy-profilaktoriy minglab mutaxassislar, mehnat faxriylari, fuqarolarning jismoniy, ruhiy holati muvozanatini ta'minlashga munosib hissa qo‘shadi.

Mazkur maskan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan foydalanishga topshiriladi. Bu esa ushbu qutlug‘ sanaga munosib tuhfa bo‘lib, korxonada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy islohotlar va bunyodkorlik ishlarining amaliy ifodasiga aylanadi.

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish