- Biz haqimizda
- Korporativ boshqaruv
- Mahsulotlar katalogi
- Hamkorlar
-
Matbuot markazi
-
Yangiliklar
-
Gender tengligi
-
Bizning Faxrimiz
-
Rasm galereyasi
-
Videogalereya
-
“Navoiy kimyogari” gazetasi
-
Izohlar
-
Ommaviy axborot vositalarida nashrlar
-
Davlat ramzlari
-
Elektron hukumat tizimi
- Tadbirlar
-
Davlat dasturlari
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
-
Yangiliklar
- ESG
-
Barqarorlik
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining logistika boʻyicha oʻrinbosari Axmatullo Shononovning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisining moliya, transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Jalilov Dilshodjon Dilmurodovichning davlat xaridlari yuzasidan murojaati.
-
“Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Muhammadali Vafoyevning korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish Strategiyasi
-
Ichki me'yoriy hujjatlar
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha asosiy hujjatlar
-
Aloqa kanallari
-
Hisobotlar
-
Monopoliyaga qarshi komplaens xizmati
-
Targ'ibot tadbirlari
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
- Aloqa
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
Asosiy > Yangiliklar > MUTAXASSISLAR MALAKASINI OSHIRISH — SIFAT VA UNUMDORLIK KAFOLATI
MUTAXASSISLAR MALAKASINI OSHIRISH — SIFAT VA UNUMDORLIK KAFOLATI
Korxonaning o‘quv markazida mexaniklar, ishlab chiqarish-texnik byuro muhandislari hamda ta’mirlash bo‘yicha ustalar uchun kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan o‘quv kursi tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi — mutaxassislarning texnologik va texnik jarayonlarni zamonaviy talablar asosida tashkil etish, uskunalardan xavfsiz va samarali foydalanish, ularning texnik holatini to‘g‘ri baholash hamda ta’mirlash ishlarini sifatli amalga oshirish bo‘yicha bilim va malakasini oshirishdan iborat.
Kursning nazariy qismida yuk ko‘tarish kranlari va mexanizmlarining tuzilishi, ulardan foydalanishga qo‘yiladigan talablar, texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi hamda xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalari batafsil yoritildi. Shuningdek, bug‘ va issiq suv qozonlarining ishlash prinsipi, ularga texnik xizmat ko‘rsatish talablari, korxonaning sanoat binolari va inshootlarini texnik jihatdan soz holatda saqlash masalalari bo‘yicha zarur bilimlar berildi.
Mashg‘ulotlar davomida kompressor va nasoslarni ta’mirlashning asosiy jihatlari, texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan omillar, shuningdek, loyihalash va ta’mirlash jarayonlarida foydalaniladigan chizmalarni o‘qish hamda ularga qo‘yiladigan texnik talablar bo‘yicha ham nazariy tushunchalar mustahkamlandi.
Amaliy mashg‘ulotlarda esa nazariy bilimlarning bevosita ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilishiga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar korxona hududida o‘rnatilgan yuk ko‘tarish kranlari va mexanizmlarining asosiy qismlari bilan yaqindan tanishib, ularni texnik ko‘rikdan o‘tkazish, aniqlangan nosozliklarni baholash hamda uskunalarni ishga tayyor holatga keltirish bo‘yicha amaliy topshiriqlarni bajardilar.
Jumladan, kran va mexanizmlarning tormoz tizimi, ilgaklari, po‘lat arqonlari, yuk ko‘tarish moslamalari hamda boshqaruv tizimlarining texnik holatini tekshirish, ularning xavfsiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar baholandi. Mutaxassislarning uskunalardagi ehtimoliy nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning oldini olish va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini belgilangan talablar asosida tashkil etish bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Amaliy va nazariy mashg‘ulotlarning uyg‘unligi mutaxassislarning kasbiy kompetensiyasini oshirish, ishlab chiqarish uskunalarining ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlash, ta’mirlash ishlarining sifatini yaxshilash hamda mehnat unumdorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Bunday o‘quv kurslari korxonada malakali kadrlar salohiyatini mustahkamlash, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlik va texnik intizomni ta’minlash hamda uskunalardan samarali foydalanishning muhim omillaridan biridir.
So`ngi yangiliklar
GIYОHVANDLIKDAN HIMOYА: OGOHLIK VA MAS’ULIYАT
24.09.2026
KASBIY SALOHIYAT — TANLOVNING ASOSIY MEZONI
24.09.2026
KORXONADA XALQARO STANDART JORIY ETILMOQDA
23.09.2026
BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...
18.09.2026
GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID
18.09.2026
MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA
17.09.2026
MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI
17.09.2026
DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
17.09.2026
ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...
17.09.2026