Asosiy > Yangiliklar > “Navoiyazot”AJning 60 yilligi keng tantana qilindi.

“Navoiyazot”AJning 60 yilligi keng tantana qilindi.

“Navoiyazot”AJ tashkil topganligining 60 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Marosimda viloyat hokimligi mutasaddilari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, yurtimizning turli hududlari va xorijdan kelgan mehmonlar ishtirok etishdi. Dastlab jamiyatning tarixi va bugungi kundagi ijobiy o‘zgarishlarni aks ettirgan videorolik namoyish etildi. Yillar davomida bosqichma-bosqich erishilgan yutuqlar, bu yo‘lda fidokorona mehnat qilgan faxriylar va korxona sobiq rahbarlarining hissasi alohida e’tirof etildi.
Shonli sana munosabati bilan kimyogarlar va soha vakillarini viloyat hokimi Normat Tursunov, “O‘zkimyosanoat”AJ boshqaruvi raisi Timur Muxammedjanov, NKMK AJ bosh direktori Quvondiq Sanaqulov hamda “Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovlar muborakbod etishdi.Yurtimiz kimyo sanoati drayveri hisoblangan korxonaning hozirda yillik ishlab chiqarish hajmi 414,3 mln dollarni tashkil etayotgani, 80 turdan ortiq kimyoviy mahsulot va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarilishi, 25 dan ziyod asosiy va 20 dan ortiq yordamchi sexlar faoliyat yuritishi ta’kidlandi.
Tantanali tadbirda korxonadagi faoliyati hamkasblariga oʻrnak boʻlgan, bilimi, tajribasi, kasbiy mahorati bilan faollik koʻrsatgan bir guruh kimyogarlar, soha vakillariga viloyat hokimligi, “Oʻzkimyosanoat”AJ, “Navoiyazot”AJning faxriy yorliqlari va esdalik sovgʻalari topshirildi.

So`ngi yangiliklar

...

DOLZARB MAVZUDA MULOQOT TASHKIL ETILDI

03.09.2026
...

MUSTAQILLIK — ULUG‘ NE’MAT

02.09.2026
...

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — MEHNATGA E’TIROF

27.08.2026
...

IFTIXOR HISSI VA E’TIROFDAN MAMNUNLIK

26.08.2026
...

BAYRAM OSHI TAYYORLANMOQDA

26.08.2026
...

AHIL JAMOADA BAYRAM SHUKUHI

26.08.2026
...

KATTA JAMOADA ISTIQLOL NE’MATLARI SHUKRONASI

26.08.2026
...

OZOD VA OBOD VATAN — ENG ULUG‘ NE’MAT

26.08.2026
...

USTUVOR STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

26.08.2026
...

BAYRAMGA MUNOSIB TUHFA

25.08.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish