Asosiy > Yangiliklar > NAZARIYА VA AMALIYОT UYG‘UNLIGI — ISH SAMARADORLIGI KAFOLATI

NAZARIYА VA AMALIYОT UYG‘UNLIGI — ISH SAMARADORLIGI KAFOLATI

Korxonaning o‘quv markazida o‘z sohasi bo‘yicha nazariy bilimlarga ega bo‘lgan elektrgazpayvandchilar 32-sexda bir haftalik amaliyotni o‘tashmoqda. Jarayonda payvandlash uskunalaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish, metall konstruksiyalarni tayyorlash, turli usullarda sifatli payvand choklarini hosil qilish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nuqsonlarni aniqlash va bartaraf etish usullarini amalda o‘zlashtirishyapti.

Mashg‘ulotlarda mehnat muhofazasi, sanoat va texnika xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tajribali mutaxassislar tomonidan har bir amaliy jarayon bo‘yicha zarur tavsiya va tushunchalar berilib, tinglovchilarning mustaqil ishlash mahorati shakllantirilyapti. Ushbu bir haftalik amaliyot elektrgazpayvandchilarning kasbiy mahoratini yanada oshirish, nazariy bilimlarni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish va malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish