Asosiy > Yangiliklar > O‘TMISH, BUGUNGI KUN VA ERTANI BIRLASHTIRGAN MULOQOT 

O‘TMISH, BUGUNGI KUN VA ERTANI BIRLASHTIRGAN MULOQOT 

Bugun “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Yoshlarni vatanparvarlik va yurtga muhabbat, milliy qadriyat hamda an’analarga hurmat, shonli tariximizni chuqur o‘rganishga bo‘lgan intilish ruhida tarbiyalash, shuningdek, 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda “Navoiyazot”AJ tizimida faoliyat yuritgan faxriylar, soha xodimlari va yoshlar ishtirok etdilar. 

Uchrashuvda faxriylar o‘z hayoti va mehnat faoliyati xususida so‘zlab, yillar davomida to‘plagan boy tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Ish jarayonidagi mashaqqat, hozirda ularga ko‘rsatilayotgan ehtirom haqida iftixor bilan ma’lumot berdilar. 

Samimiy, do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Korxona rivojiga hissa qo‘shgan mehnat faxriylariga sovg‘alar topshirildi.

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish