Asosiy > Yangiliklar > Qadrli yoshlar, korxonamizning iqtidorli yigit-qizlari!

Qadrli yoshlar, korxonamizning iqtidorli yigit-qizlari!

Yosh bo‘lish har bir yangilikka ochiq bo‘lish, bilimga intilish, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik, faollik demak. Davlat va jamiyat taraqqiyoti mamlakatimizning yetakchi kuchi – yoshlarni tarbiyalash, ularning vatanparvarlik va kasbiy mahoratini oshirish bilan chambarchas bog‘liq.

Bugungi kunda jamiyatimizda 1032 nafar yoshlar faoliyat yuritadi. Ularning nafaqat sohada, balki barcha jabhalarda faolligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Kimyo sohasidagi har bir kashfiyot, yangi texnologiya yoshlik shijoati va ilhomining samarasi, deb bilaman. Sizning bilim va fidoyi mehnatingiz orqali nafaqat korxonamiz, balki butun kimyo sanoati taraqqiyoti yangi bosqichga ko‘tariladi.

Sizning ilm-fan, innovatsiya va texnologiyalarga bo‘lgan e’tiboringiz, ilmiy-tadqiqot ishlariga kirishishingiz korxonamiz va mamlakatimizning taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi. Kasb mas’uliyati, sadoqat bilan mehnat qilishingiz esa hamkasblar uchun  namuna bo‘la oladi.

Aziz yoshlar!

Bayram arafasida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar sarhisobi, yangi vazifa va takliflar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda muhtaram yurtboshimizning yoshlarimizga bo‘lgan e’tibori, g‘amxo‘rligiga o‘zingiz yana bir karra guvoh bo‘ldingiz. 

Ushbu tarixiy uchrashuv kelajak avlod qalbida ona Vatanga daxldorlik hissi, "Yangi O‘zbekiston bunyodkori bo‘laman, yurtim taraqqiyotiga o‘z hissamni qo‘shaman!", degan tuyg‘uni yanada kuchaytirgani, hayotingizga yangicha mazmun olib kirgani tabiiy.

Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan  “Navoiyazot” AJ smena katta ustasi, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Abror Aslonovning  “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangani barchamizni ruhlantirdi va qalbimizga iftixor bag‘ishladi.

Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadov

 

30.06.2025 y.

So`ngi yangiliklar

...

DOLZARB MAVZUDA MULOQOT TASHKIL ETILDI

03.09.2026
...

MUSTAQILLIK — ULUG‘ NE’MAT

02.09.2026
...

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — MEHNATGA E’TIROF

27.08.2026
...

IFTIXOR HISSI VA E’TIROFDAN MAMNUNLIK

26.08.2026
...

BAYRAM OSHI TAYYORLANMOQDA

26.08.2026
...

AHIL JAMOADA BAYRAM SHUKUHI

26.08.2026
...

KATTA JAMOADA ISTIQLOL NE’MATLARI SHUKRONASI

26.08.2026
...

OZOD VA OBOD VATAN — ENG ULUG‘ NE’MAT

26.08.2026
...

USTUVOR STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

26.08.2026
...

BAYRAMGA MUNOSIB TUHFA

25.08.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish