Asosiy > Yangiliklar > SALOHIYАTLI KADRLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA

SALOHIYАTLI KADRLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA

    “Navoiyazot” AJning Bozor konyunkturasini o‘rganish va shartnomalarni yuritish bo‘limiga ishga joylashish maqsadida hujjat topshirgan 14 nafar nomzod dastlabki sinovdan o‘tkazildi.
Belgilangan tartibga muvofiq, mutaxassislarning mazkur lavozimga oid bilim va ko‘nikmalari, kasbiy tayyorgarlik darajasi hamda tegishli yo‘nalish bo‘yicha salohiyati baholandi.

    Sinov jarayonida ishtirokchilar bozor konyunkturasini tahlil qilish, shartnomaviy munosabatlarni yuritish, iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan ishlash va sohaga oid boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha savollarga javob berishdi. Mazkur saralash jarayoni nomzodlarning bilim va malakasini xolis baholash, lavozimga eng munosib mutaxassislarni aniqlash hamda korxonaning malakali kadrlar salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan.

    Test natijalariga ko‘ra, belgilangan mezonlar asosida yuqori natija qayd etgan nomzodlar keyingi suhbat bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Korxonada vakant lavozimlarga ishga qabul qilish jarayonlari ochiqlik, shaffoflik va nomzodlarning kasbiy salohiyatini adolatli baholash tamoyillari asosida davom ettirilmoqda.

So`ngi yangiliklar

...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026
...

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi...

09.10.2026
...

DAVLAT TILI — MILLAT KOʻZGUSI

09.10.2026
...

YASHIL HUDUDLAR KENGAYTIRILMOQDA

09.10.2026
...

INTELLEKTUAL BOSHQARUV MARKAZI BARPO ETILMOQDA

08.10.2026
...

MULOQOT MUROJAATLARNI IJOBIY HAL ETISHGA XIZMAT QI...

08.10.2026
...

NOMZODLAR SUHBATDAN O‘TKAZILMOQDA

02.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish