- Biz haqimizda
- Korporativ boshqaruv
- Mahsulotlar katalogi
- Hamkorlar
-
Matbuot markazi
-
Yangiliklar
-
Gender tengligi
-
Bizning Faxrimiz
-
Rasm galereyasi
-
Videogalereya
-
“Navoiy kimyogari” gazetasi
-
Izohlar
-
Ommaviy axborot vositalarida nashrlar
-
Davlat ramzlari
-
Elektron hukumat tizimi
- Tadbirlar
-
Davlat dasturlari
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
-
Yangiliklar
- ESG
-
Barqarorlik
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining logistika boʻyicha oʻrinbosari Axmatullo Shononovning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisining moliya, transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Jalilov Dilshodjon Dilmurodovichning davlat xaridlari yuzasidan murojaati.
-
“Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Muhammadali Vafoyevning korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish Strategiyasi
-
Ichki me'yoriy hujjatlar
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha asosiy hujjatlar
-
Aloqa kanallari
-
Hisobotlar
-
Monopoliyaga qarshi komplaens xizmati
-
Targ'ibot tadbirlari
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
- Aloqa
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
Asosiy > Yangiliklar > SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM
SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM
Xodimlar bilan ochiq va bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaat hamda takliflarini o‘rganish, mavjud masalalarga joyida yechim topish maqsadida korxonaning PVX, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda korxona boshqaruvi raisi Farrux Samadov, mas’ul rahbarlar va mutasaddilar ishtirok etib, xodimlarning turli yo‘nalishlardagi murojaatlarini tingladi.
Ochiq muloqot davomida mehnat munosabatlari, sexlarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, laboratoriyalarni qo‘shimcha jihozlar bilan ta’minlash, ishlab chiqarish obyektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish, ichki yo‘llar holatini yaxshilash hamda oshxonalardagi shart-sharoitlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarning fikri tinglanib, ularni hal etish imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, jamiyatga ishga joylashish tartibi, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatlari, xodimlar salomatligini tiklash, jamiyatning ichki tartib-qoidalariga rioya etish hamda qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Muloqot ishtirokchilarining savollariga tegishli tushuntirishlar berilib, bildirilgan taklif va tashabbuslar o‘rganildi.
Uchrashuv davomida majmuada kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi. Ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonida mehnat va texnika xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish, har bir xodimning o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Sayyor qabul yakunida joyida hal etish imkoniyati mavjud masalalar bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab etadigan murojaatlarni qonunchilik hamda belgilangan tartib asosida ko‘rib chiqish, ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bunday sayyor qabullar xodimlarni o‘ylantirayotgan masalalarni bevosita o‘rganish, rahbariyat va jamoa o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, shuningdek, ishlab chiqarish va mehnat sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan takliflarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
So`ngi yangiliklar
MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...
16.09.2026
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...
11.09.2026
MALAKALI MUTAXASSISLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM E...
08.09.2026
YAYLOV QISHLOG‘IDA ZAMONAVIY MAKTAB FILIALI FOYDAL...
07.09.2026
DOLZARB MAVZUDA MULOQOT TASHKIL ETILDI
03.09.2026
MUSTAQILLIK — ULUG‘ NE’MAT
02.09.2026
MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — MEHNATGA E’TIROF
27.08.2026
IFTIXOR HISSI VA E’TIROFDAN MAMNUNLIK
26.08.2026
BAYRAM OSHI TAYYORLANMOQDA
26.08.2026