Asosiy > Yangiliklar > TARG‘IBOT TADBIRI TASHKIL ETILDI

TARG‘IBOT TADBIRI TASHKIL ETILDI

Korxonaning faollar zalida yurtimiz istiqlolining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda xodimlar e’tiboriga mustaqillikka erishish tarixi, yangi islohotlar, konstitutsiyaviy qadriyatlar va taraqqiyot natijalariga bag‘ishlangan taqdimot  havola etildi.

Tadbir davomida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilgan yutuq va xalqimiz hayotida yuz bergan ijobiy o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, inson qadri, huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.

Taqdimot jarayonida xodimlar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta’minlash har bir fuqaroning mas’uliyati ekanini yana bir bor anglab, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish, fidokorona mehnat qilish va jamoaviy birdamlikni mustahkamlash muhimligi haqida fikr almashdilar. Shuningdek, mustaqillikning qadriga yetish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, Vatanga sadoqat va daxldorlik tuyg‘usini yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish