Asosiy > Yangiliklar > Toshkent kimyo-texnologiya instituti va “Navoiyazot”AJ o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga doir uchrashuv o‘tkazildi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti va “Navoiyazot”AJ o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga doir uchrashuv o‘tkazildi.

Toshkent Kimyo-texnologiya institutida oʻtkazilgan uchrashuvda "Navoiyazot"AJ mutasaddilari ishtirok etdi.

Tadbirda institutning amaliy va ilmiy faoliyatini rivojlantirish, talabalarni amaliyotga yuborish va ularni keyinchalik ishga joylashtirish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, shuningdek, "Navoiyazot"AJ xodimlarining ilmiy darajasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

 Uchrashuvdan so‘ng, "Navoiyazot" AJ mutasaddilari bitiruvchi kurs talabalarini qabul qilib, ular bilan bitiruv oldi amaliyoti o‘tash va ishga joylashish bo‘yicha suhbat o‘tkazdilar. Bu jarayon institut talabalari uchun amaliy tajriba orttirish, ularni sanoat tarmoqlari bilan yanada yaqindan tanishtirish va kelajakda muvaffaqiyatli ishga joylashish imkoniyatlarini yaratish maqsadida tashkil etildi.

 Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va kelgusida kadrlar tayyorlash borasida samarali ishlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

"Navoiyazot"AJ axborot xizmati

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish