Asosiy > Yangiliklar > XODIM VA FUQAROLAR MUROJAATI E’TIBORDA

XODIM VA FUQAROLAR MUROJAATI E’TIBORDA

Ma’lumki, aholi murojaatlari bilan ishlash davlat organlari va tashkilotlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. U fuqarolarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, davlat idoralarining ochiqligini namoyon etish, jamoatchilik ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ularni o‘z vaqtida xolisona va qonun talablari asosida ko‘rib chiqish har bir tashkilotning samaradorligi va nufuzini belgilashda alohida ahamiyat kasb etadi.



Korxona boshqaruvi raisi Farrux Samadov boshchiligida navbatdagi qabul tashkil etildi. Unda jamiyat xodimlarining faoliyatiga oid bir qator holatlar mutasaddilar ishtirokida o‘rganib chiqildi. Fuqarolarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish berilib, murojaatlar bo‘yicha mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan, jamiyat jamoa shartnomasida belgilangan vazifa va imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, ularning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib aniq chora-tadbirlar belgilandi. Zudlik bilan hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar joyida ijobiy yechim topdi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa ijroga olinib, ularning belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borilib, ularning taklif va mulohazalari ham tinglandi. Ta’kidlanganidek, xodimlarning murojaatlari bilan tizimli ishlash, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, mehnat huquqlarini himoya qilish hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Korxonada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida, xolisona va qonunchilik talablariga muvofiq ko‘rib chiqish, ularning mazmunidan kelib chiqib tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish