Asosiy > Yangiliklar > YAYLOV QISHLOG‘IDA ZAMONAVIY MAKTAB FILIALI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

YAYLOV QISHLOG‘IDA ZAMONAVIY MAKTAB FILIALI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Xatirchi tumanining olis hududlaridan biri — “Qo‘rg‘ontepa” mahallasidagi Yaylov qishlog‘ida yangi va zamonaviy o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.

Bundan bir necha oy avval 52-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining hududdagi kichik filiali uchun “Navoiyazot” AJ bilan hamkorlikda yangi o‘quv binosi qurilishi boshlangan edi. Yangi o‘quv yilining ilk kunida yaylovlik o‘quvchilar zamonaviy va barcha zarur sharoitlarga ega yangi binoda ta’lim olishni boshladilar.

Yangi maktab binosining foydalanishga topshirilishi olis hudud aholisi uchun katta quvonchli voqea bo‘ldi. Tadbirda tuman hokimligi mutasaddilari, “Navoiyazot” AJ vakillari ishtirok etdilar.

Bunday ezgu tashabbus olis hududlarda ham ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish va yosh avlod kelajagiga mustahkam poydevor qo‘yishga xizmat qiladi.

So`ngi yangiliklar

...

DOLZARB MAVZUDA MULOQOT TASHKIL ETILDI

03.09.2026
...

MUSTAQILLIK — ULUG‘ NE’MAT

02.09.2026
...

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — MEHNATGA E’TIROF

27.08.2026
...

IFTIXOR HISSI VA E’TIROFDAN MAMNUNLIK

26.08.2026
...

BAYRAM OSHI TAYYORLANMOQDA

26.08.2026
...

AHIL JAMOADA BAYRAM SHUKUHI

26.08.2026
...

KATTA JAMOADA ISTIQLOL NE’MATLARI SHUKRONASI

26.08.2026
...

OZOD VA OBOD VATAN — ENG ULUG‘ NE’MAT

26.08.2026
...

USTUVOR STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

26.08.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish