Asosiy > Yangiliklar > YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA MASLAHATCHI LAVOZIMIGA NOMZODLAR SUHBATDAN O‘TKAZILDI

YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA MASLAHATCHI LAVOZIMIGA NOMZODLAR SUHBATDAN O‘TKAZILDI

    Yoshlar bilan tizimli va samarali ishlash, ularning tashabbusini qo‘llab-quvvatlash hamda korxonada yosh mutaxassislar salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalasiga “Navoiyazot” AJda alohida e’tibor qaratilmoqda.

    Shu maqsadda korxona boshqaruvi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga hujjat topshirgan 18 nafar nomzod bilan suhbat o‘tkazildi. “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadov hamda mutasaddilar ishtirokida tashkil etilgan muloqotda har bir mutaxassis bilan individual suhbatlashilib, ularning mazkur lavozimga mos bilim va salohiyati atroflicha o‘rganildi.

    Suhbat jarayonida nomzodlarning yoshlar bilan ishlash tajribasi, tashabbuskorligi, jamoada faoliyat yuritish qobiliyati, liderlik ko‘nikmalari hamda dolzarb masalalarga yangicha yondashuvi e’tiborga olindi. Shuningdek, ular tomonidan korxona yoshlari uchun yangi loyihalarni amalga oshirish, kasbiy rivojlanishi va ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklif, tashabbuslar bildirildi.

    Suhbat ishtirokchilari o‘zlarining maqsad va rejalari, yoshlar bilan ishlash borasidagi qarashlari hamda korxona hayotida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha yondashuvlarini bayon etdilar. Suhbat natijalari belgilangan mezonlar asosida tahlil qilinib, lavozimga munosib nomzodni aniqlash bo‘yicha xulosaga kelinadi.

So`ngi yangiliklar

...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026
...

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi...

09.10.2026
...

DAVLAT TILI — MILLAT KOʻZGUSI

09.10.2026
...

YASHIL HUDUDLAR KENGAYTIRILMOQDA

09.10.2026
...

INTELLEKTUAL BOSHQARUV MARKAZI BARPO ETILMOQDA

08.10.2026
...

MULOQOT MUROJAATLARNI IJOBIY HAL ETISHGA XIZMAT QI...

08.10.2026
...

NOMZODLAR SUHBATDAN O‘TKAZILMOQDA

02.10.2026
...

SALOHIYАTLI KADRLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMO...

02.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish