- Biz haqimizda
- Korporativ boshqaruv
- Mahsulotlar katalogi
- Hamkorlar
-
Matbuot markazi
-
Yangiliklar
-
Gender tengligi
-
Bizning Faxrimiz
-
Rasm galereyasi
-
Videogalereya
-
“Navoiy kimyogari” gazetasi
-
Izohlar
-
Ommaviy axborot vositalarida nashrlar
-
Davlat ramzlari
-
Elektron hukumat tizimi
- Tadbirlar
-
Davlat dasturlari
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
-
Yangiliklar
- ESG
-
Barqarorlik
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining logistika boʻyicha oʻrinbosari Axmatullo Shononovning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisining moliya, transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Jalilov Dilshodjon Dilmurodovichning davlat xaridlari yuzasidan murojaati.
-
“Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Muhammadali Vafoyevning korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish Strategiyasi
-
Ichki me'yoriy hujjatlar
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha asosiy hujjatlar
-
Aloqa kanallari
-
Hisobotlar
-
Monopoliyaga qarshi komplaens xizmati
-
Targ'ibot tadbirlari
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
- Aloqa
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
Asosiy > Gender tengligi > Milliy libos— azaliy qadriyatlar ifodasi
Milliy libos— azaliy qadriyatlar ifodasi
O‘zbek ayollarining milliy liboslarida nafaqat asrlar osha avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan azaliy qadriyatlar tarannumi, balki xotin-qizlarimizning latofati, go‘zalligi va jozibasini namoyon etuvchi betakror ranglar uyg‘unligi mujassam. Milliy liboslarda xalqimizning boy tarixi, nozik didi, yuksak estetik qarashlari va milliy o‘zligi aks etadi.
Atlas va adraslarning jilodor ranglari, milliy naqsh va bezaklarning o‘ziga xosligi inson qalbida iliq taassurot uyg‘otib, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi. Ayniqsa, bu liboslarni kiygan ayol siymosidagi nafosat, samimiy tabassum va mamnuniyat milliy qadriyatlarimizning bugungi hayotimizda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganidan dalolat beradi.
Jamiyatning 911-sexida mehnat qilayotgan xotin-qizlar ham ana shunday milliy qadriyatlarga hurmat, urf-odat va an’analarga sadoqatni o‘z hayot tarzida namoyon etib kelayotgan fidoyi xodimlar safida. Ular uchun Milliy liboslar kuni nafaqat chiroyli va betakror liboslarda namoyon bo‘lish, balki milliy o‘zlik, qadriyat va an’analarga bo‘lgan ehtiromni ifoda etish uchun yana bir yaxshi imkoniyatdir.
Sexdagi xotin-qizlarning milliy liboslardagi ko‘rinishi ish muhitiga alohida fayz va ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Rang-barang matolar, milliy naqshlar va zamonaviy uslub bilan uyg‘unlashgan liboslar ularning nafosatiga nafosat qo‘shdi. Eng muhimi, bu jarayon orqali milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmat, ularni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish g‘oyasi yana bir bor namoyon bo‘ldi.
Milliy libos — oddiy kiyim emas. Unda xalqning tarixi, didi, orzu-intilishlari va milliy ruhi mujassam. Uning har bir naqshi, har bir rangi va bezagida o‘tmish avlodlarning hayot tarzi, dunyoqarashi hamda go‘zallik haqidagi tasavvurlari aks etadi. Shu bois milliy liboslarni qadrlash, asrab-avaylash esa milliy o‘zligimizni asrash demakdir.
Bugun zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarida samarali mehnat qilayotgan xotin-qizlarimiz milliy liboslarni kiyib, bir vaqtning o‘zida zamonaviylik va an’anaviylikni uyg‘unlashtirayotgani quvonarli. Bu esa milliy qadriyatlarimiz zamon bilan hamnafas ravishda davom etayotganining yorqin ifodasidir.
Milliy liboslarda aks etgan go‘zallik, nafosat va ranglar uyg‘unligi sex xotin-qizlarining qalbidagi shukrona, mehnatidan mamnunlik va yurtimizda osuda hayot kechirayotganidan iftixor tuyg‘ularini ham ifoda etadi.
Zero, milliy qadriyatlarga ehtirom — millatga ehtiromdir. Milliy libos esa ana shu yuksak tuyg‘ularni so‘zsiz, ammo juda ta’sirchan tarzda ifoda etadi. Bunday tashabbuslar jamoada milliy an’analarga hurmatni kuchaytirish bilan birga, xodimlar o‘rtasida ahillik, ko‘tarinki kayfiyat va o‘zaro samimiy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Gender tengligi
SOG‘LOM MA’NAVIY MUHIT, GENDER TENGLIK VA KASBIY RIVOJLANISH — E’TIBOR...
14.10.2026KORXONADA BAYRAM SHUKUHI
14.08.2026MILLIY QADRIYАTLARGA SADOQAT NAMUNASI
07.08.2026MILLIY LIBOS — QADRIYАT VA MA’NAVIYАT IFODASI
31.07.2026MILLIYLIK TARG‘IBOTIDAGI FAOLLIK
19.06.2026MILLIY LIBOS IFTIXOR BAG‘ISHLAYDI
04.06.2026MUHIM MAVZUDAGI MULOQOT TASHKIL ETILDI
15.05.2026SAMARALI MULOQOT TASHKIL ETILDI
06.05.2026KITOBXON XOTIN-QIZLAR TANLOVDA BELLASHISHDI
30.03.2026