Asosiy > Gender tengligi > SOG‘LOM MA’NAVIY MUHIT, GENDER TENGLIK VA KASBIY RIVOJLANISH — E’TIBOR MARKAZIDA

SOG‘LOM MA’NAVIY MUHIT, GENDER TENGLIK VA KASBIY RIVOJLANISH — E’TIBOR MARKAZIDA

“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining maslahatchisi Sanobar Abduraxmonova ishtirokida korxonada ishlab chiqarish majmualari, sexlar, boshqarma, bo‘lim va xizmatlar boshliqlarining o‘rinbosarlari, kasaba uyushma qo‘mitalari raislari hamda xotin-qizlar faollari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida gender tenglikni ta’minlash, mehnat jamoalarida sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish, rahbarlik etikasi, xodimlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash, ichki mehnat qoidalariga rioya qilish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, farzand tarbiyasida ota-onalarning mas’uliyati, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yosh avlodni yuksak ma’naviy fazilatlar ruhida tarbiyalashning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqotda mehnat jamoalarida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, xodimlarning ilm olishga bo‘lgan intilishini kuchaytirish, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish, shuningdek, shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Qayd etilganidek, xodimlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash va jamoada o‘zaro ishonch muhitini qaror toptirish korxona faoliyati samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birga, xotin-qizlarning jamiyat va mehnat jamoalaridagi faolligini oshirish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, kasbiy o‘sishi uchun teng imkoniyatlar yaratish hamda rahbarlik lavozimlarida munosib ishtirokini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Gender tengligi

Milliy libos— azaliy qadriyatlar ifodasi

24.09.2026

KORXONADA BAYRAM SHUKUHI

14.08.2026

MILLIY QADRIYАTLARGA SADOQAT NAMUNASI

07.08.2026

MILLIY LIBOS — QADRIYАT VA MA’NAVIYАT IFODASI

31.07.2026

MILLIYLIK TARG‘IBOTIDAGI FAOLLIK

19.06.2026

MILLIY LIBOS IFTIXOR BAG‘ISHLAYDI

04.06.2026

MUHIM MAVZUDAGI MULOQOT TASHKIL ETILDI

15.05.2026

SAMARALI MULOQOT TASHKIL ETILDI

06.05.2026

KITOBXON XOTIN-QIZLAR TANLOVDA BELLASHISHDI

30.03.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish