Asosiy > Gender tengligi > MILLIY QADRIYАTLARGA SADOQAT NAMUNASI

MILLIY QADRIYАTLARGA SADOQAT NAMUNASI

Korxonaning tibbiy sanitariya qismida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar nafaqat o‘z vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishadi, balki milliylik targ‘ibotida ham faol ishtirok etadilar. Milliy liboslar kunidagi ezgu tashabbus tibbiyot xodimlari qalbidagi g‘urur va iftixor hissini yana bir bor namoyon etdi.

Shifo maskani mutaxassislarining ushbu tadbirdagi faolligi jamoada milliy an’analarni asrash, qadrlash va kelgusi avlodga yetkazishga bo‘lgan yuksak mas’uliyat hissini yana bir bor tasdiqladi. Zero, o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan, ayni paytda milliy qadriyatlarimiz targ‘ibotiga munosib hissa qo‘shayotgan xotin-qizlar har qanday jamoaning haqiqiy iftixori hisoblanadi.

Milliy liboslar kuni esa nafaqat chiroy va nafosat nishonasi, balki xalqimizning boy ma’naviy merosi, o‘zlikni anglash va birdamlikni ulug‘lovchi ezgu an’ana sifatida barchaga a’lo kayfiyat va g‘urur tuyg‘usini ulashadi.

Gender tengligi

KORXONADA BAYRAM SHUKUHI

14.08.2026

MILLIY LIBOS — QADRIYАT VA MA’NAVIYАT IFODASI

31.07.2026

MILLIYLIK TARG‘IBOTIDAGI FAOLLIK

19.06.2026

MILLIY LIBOS IFTIXOR BAG‘ISHLAYDI

04.06.2026

MUHIM MAVZUDAGI MULOQOT TASHKIL ETILDI

15.05.2026

SAMARALI MULOQOT TASHKIL ETILDI

06.05.2026

KITOBXON XOTIN-QIZLAR TANLOVDA BELLASHISHDI

30.03.2026

KORXONA XODIMLARINING IJODIY ISHLARIDA ONA SIYMOSI

26.03.2026

MILLIYLIK HAMISHA URFDA

13.03.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish