Asosiy > Gender tengligi > SAMARALI MULOQOT TASHKIL ETILDI

SAMARALI MULOQOT TASHKIL ETILDI

Korxonaning Oila va xotin-qizlar xizmati vakillari tomonidan 23,25-sex xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Jamoadagi ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ish intizomini ta’minlash hamda salbiy holatlarning oldini olish maqsadida uchrashuv oʻtkazildi.

Muloqot davomida xodimlar bilan ochiq muloqot olib borilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va muammolari tinglandi. Har bir masala atroflicha muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning jamoadagi o‘rni va faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, oilada sog‘lom muhitni shakllantirish hamda farzandlar tarbiyasiga e’tibor qaratish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchrashuv yakunida bunday muloqotlarni muntazam tashkil etish, xodimlar bilan yaqin hamkorlikni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Gender tengligi

KORXONADA BAYRAM SHUKUHI

14.08.2026

MILLIY QADRIYАTLARGA SADOQAT NAMUNASI

07.08.2026

MILLIY LIBOS — QADRIYАT VA MA’NAVIYАT IFODASI

31.07.2026

MILLIYLIK TARG‘IBOTIDAGI FAOLLIK

19.06.2026

MILLIY LIBOS IFTIXOR BAG‘ISHLAYDI

04.06.2026

MUHIM MAVZUDAGI MULOQOT TASHKIL ETILDI

15.05.2026

KITOBXON XOTIN-QIZLAR TANLOVDA BELLASHISHDI

30.03.2026

KORXONA XODIMLARINING IJODIY ISHLARIDA ONA SIYMOSI

26.03.2026

MILLIYLIK HAMISHA URFDA

13.03.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish