Asosiy > Gender tengligi > “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik” tadbirlari

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik” tadbirlari

“Navoiyazot” AJda faoliyat yuritayotgan ayollar ishtirokida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik” tadbirlari doirasida, navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda korxonaning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi va Navoiy shahar IIB profilaktika inspektori ishtirok etishdi.

Muloqot chog‘ida yurtimizda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlar huquq va manfaatlari himoyasi, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Korxona xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi, xotin-qizlarning muammolari tinglandi.

Ayollarga nisbatan o‘tkazilgan tazyiq va zo‘ravonlik jazosiz qolmasligi, jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish uchun har bir xodimda daxldorlik hissi bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI

Gender tengligi

KORXONADA BAYRAM SHUKUHI

14.08.2026

MILLIY QADRIYАTLARGA SADOQAT NAMUNASI

07.08.2026

MILLIY LIBOS — QADRIYАT VA MA’NAVIYАT IFODASI

31.07.2026

MILLIYLIK TARG‘IBOTIDAGI FAOLLIK

19.06.2026

MILLIY LIBOS IFTIXOR BAG‘ISHLAYDI

04.06.2026

MUHIM MAVZUDAGI MULOQOT TASHKIL ETILDI

15.05.2026

SAMARALI MULOQOT TASHKIL ETILDI

06.05.2026

KITOBXON XOTIN-QIZLAR TANLOVDA BELLASHISHDI

30.03.2026

KORXONA XODIMLARINING IJODIY ISHLARIDA ONA SIYMOSI

26.03.2026

MILLIYLIK HAMISHA URFDA

13.03.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish