Asosiy > Bizning Faxrimiz > MAS’ULIYАT BILAN BOSHLANGAN YO‘L

MAS’ULIYАT BILAN BOSHLANGAN YO‘L

Shunday sohalar borki, unda har bir qaror ortida katta mas’uliyat turadi. Gazdan qutqaruvchilik — ana shunday kasblardan biri. Bu yo‘nalish xodimdan doimo hushyorlik, tezkorlik va o‘z vazifasiga jiddiy munosabatni talab etadi. Ulug‘bek Ro‘ziyevning mehnat yo‘li ham ana shunday mas’uliyatli kasb bilan bog‘langan. U 2004-yilda 54-sexda gazdan qutqaruvchi sifatida ish boshladi. Yillar davomida orttirilgan tajriba, kasbiy ko‘nikma va mehnatga mas’uliyatli yondashuv soha vakilining faoliyatida muhim o‘rin tutdi.

Bugun Ulug‘bek Ro‘ziyev shu sexda vzvod komandiri lavozimida mehnat qilmoqda. Endi uning zimmasida nafaqat o‘z vazifasini puxta bajarish, balki jamoa ishini muvofiqlashtirish, xodimlarning doimiy shayligini ta’minlash kabi vazifalar ham bor. Gazdan qutqaruvchi uchun har bir ish kuni tayyorgarlikdan boshlanadi. Chunki favqulodda vaziyatda vaqt ham, to‘g‘ri qabul qilingan qaror ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Shu bois bu kasbda tajriba, intizom va jamoaviy hamjihatlik muhim ahamiyatga ega.

Kasb fidoyisi “III darajali kimyogar” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangani bois istiqlol shukuhiga hamohang tarzda qalbdagi iftixor yanada jo‘sh urmoqda.

Bizning Faxrimiz

HAR BIR TAHLIL ORTIDA — MAS’ULIYAT

11.09.2026

SHARAFLI MEHNAT MAHSULI

10.09.2026

MUHANDIS-TEXNOLOGDAN SEX BOSHLIG‘I O‘RINBOSARIGACHA

09.09.2026

36 YILLIK TAJRIBA — YОSHLARGA IBRAT

09.09.2026

UZOQ YILLIK MEHNAT RAG‘BATI

08.09.2026

RAG‘BAT KELGUSI FAOLIYАT UCHUN QANOT

07.09.2026

SMENA USTASIDAN BOSHQARMA BOSHLIG‘IGACHA BO‘LGAN YO‘L

02.09.2026

ISTIQLOLGA TENG HAYОT YO‘LI

17.08.2026

ISTIQLOL TENGDOSHI BILAN MULOQOT

05.08.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish