Asosiy > Bizning Faxrimiz > SHARAFLI MEHNAT MAHSULI

SHARAFLI MEHNAT MAHSULI

Oybek Kayimov 1994-yilda korxonaga elektromontyor bo‘lib ishga joylashgan. Hozirda soha vakili 129-sex energetigi sifatida o‘z mehnat faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Elektr uskunalarining ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlash, har bir jarayonga sinchkovlik bilan yondashish kasb fidoyisi uchun kundalik mehnatning ajralmas qismiga aylandi.
 
— Energetika sohasida har bir qaror ortida katta mas’uliyat turadi. Chunki ishlab chiqarishning bir maromda davom etishi ko‘p jihatdan energiya ta’minotining barqarorligiga bog‘liq, — deydi Oybek Kayimov.

Mehnat insonni ulug‘laydi. Kasbiy muvaffaqiyat esa samarali faoliyat mahsuli. Tajriba, kasbga sadoqat va korxona bilan hamnafas kechgan davr qanoat, shukrona va barakaga yo‘g‘rilgan. Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “III-darajali kimyogar” ko‘krak nishonini qabul qilgan mutaxassis yanada shijoat bilan mehnat qilishga intilmoqda.

Bizning Faxrimiz

MAS’ULIYАT BILAN BOSHLANGAN YO‘L

15.09.2026

HAR BIR TAHLIL ORTIDA — MAS’ULIYAT

11.09.2026

MUHANDIS-TEXNOLOGDAN SEX BOSHLIG‘I O‘RINBOSARIGACHA

09.09.2026

36 YILLIK TAJRIBA — YОSHLARGA IBRAT

09.09.2026

UZOQ YILLIK MEHNAT RAG‘BATI

08.09.2026

RAG‘BAT KELGUSI FAOLIYАT UCHUN QANOT

07.09.2026

SMENA USTASIDAN BOSHQARMA BOSHLIG‘IGACHA BO‘LGAN YO‘L

02.09.2026

ISTIQLOLGA TENG HAYОT YO‘LI

17.08.2026

ISTIQLOL TENGDOSHI BILAN MULOQOT

05.08.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish