Asosiy > Bizning Faxrimiz > UZOQ YILLIK MEHNAT RAG‘BATI

UZOQ YILLIK MEHNAT RAG‘BATI

Mastura Sobirova korxonaning Ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasiga qarashli 919-sexda apparatchi bo‘lib ishlaydi. 26 yildan buyon jamoada mehnat qilayotgan soha vakili bugungi kunda texnologik ko‘rsatkichlar va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tegishli qaydlarni yuritish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash va tegishli choralarni ko‘rish, mehnat muhofazasi, sanoat va texnika xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish uchun mas’ul.

Kasb fidoyisining mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni bilishi, nazorat qilishi muhim o‘ringa ega. Shijoati, jonkuyarligi bois mutaxassis o‘z ishining ustasi sifatida hamkasblarining hurmatiga sazovor bo‘lib ulgurgan. Endi mehnatkash apparatchining ko‘ksini yurtimiz istiqlolining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan  “III-darajali kimyogar” ko‘krak nishoni bezab turadi. Bu esa kelgusidagi faoliyatda insonni ruhlantirishga xizmat qiladi.

Bizning Faxrimiz

MAS’ULIYАT BILAN BOSHLANGAN YO‘L

15.09.2026

HAR BIR TAHLIL ORTIDA — MAS’ULIYAT

11.09.2026

SHARAFLI MEHNAT MAHSULI

10.09.2026

MUHANDIS-TEXNOLOGDAN SEX BOSHLIG‘I O‘RINBOSARIGACHA

09.09.2026

36 YILLIK TAJRIBA — YОSHLARGA IBRAT

09.09.2026

RAG‘BAT KELGUSI FAOLIYАT UCHUN QANOT

07.09.2026

SMENA USTASIDAN BOSHQARMA BOSHLIG‘IGACHA BO‘LGAN YO‘L

02.09.2026

ISTIQLOLGA TENG HAYОT YO‘LI

17.08.2026

ISTIQLOL TENGDOSHI BILAN MULOQOT

05.08.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish