Asosiy > Bizning Faxrimiz > RAG‘BAT KELGUSI FAOLIYАT UCHUN QANOT

RAG‘BAT KELGUSI FAOLIYАT UCHUN QANOT

Sabohat Farmonova 909-sexning muhandis-kimyogari. 2002-yilda laborant sifatida katta jamoaga qo‘shilgan soha vakili 24 yildan buyon sidqidildan mehnat faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

O‘tgan yillar davomida kasb fidoyisi sohaga oid bilim va tajribasini muntazam boyitib, laborantlikdan muhandis-kimyogarlikkacha bo‘lgan mehnat yo‘lini bosib o‘tdi. Mas’uliyat, aniqlik va sadoqat uning kundalik faoliyatidagi asosiy mezonlarga aylangan.

Bugun Sabohat Farmonova ish jarayonlarida o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni puxta va sifatli bajarish bilan birga, ko‘p yillik tajribasini yosh mutaxassislar bilan o‘rtoqlashib kelmoqda. Jamoadagi hamjihatlik, o‘zaro hurmat va ustoz-shogird an’analarini mustahkamlashga ham munosib hissa qo‘shyapti.

Samarali mehnat zamirida kasbga sadoqat, yillar davomida to‘plangan tajriba, mas’uliyat va o‘z ishiga bo‘lgan mehr mujassam. Sabohat Farmonovaning mehnat yo‘li ana shu fazilatlarning amaliy ifodasidir.

Bizning Faxrimiz

MAS’ULIYАT BILAN BOSHLANGAN YO‘L

15.09.2026

HAR BIR TAHLIL ORTIDA — MAS’ULIYAT

11.09.2026

SHARAFLI MEHNAT MAHSULI

10.09.2026

MUHANDIS-TEXNOLOGDAN SEX BOSHLIG‘I O‘RINBOSARIGACHA

09.09.2026

36 YILLIK TAJRIBA — YОSHLARGA IBRAT

09.09.2026

UZOQ YILLIK MEHNAT RAG‘BATI

08.09.2026

SMENA USTASIDAN BOSHQARMA BOSHLIG‘IGACHA BO‘LGAN YO‘L

02.09.2026

ISTIQLOLGA TENG HAYОT YO‘LI

17.08.2026

ISTIQLOL TENGDOSHI BILAN MULOQOT

05.08.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish