Asosiy > Bizning Faxrimiz > SMENA USTASIDAN BOSHQARMA BOSHLIG‘IGACHA BO‘LGAN YO‘L

SMENA USTASIDAN BOSHQARMA BOSHLIG‘IGACHA BO‘LGAN YO‘L

Sherzod Zoirov ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritadi. 2001-yilda jamiyatga smena ustasi sifatida ishga joylashgan mutaxassis o‘tgan yillar davomida ishlab chiqarish jarayonlarining turli bosqichlarida mehnat qilib, boy amaliy tajriba to‘pladi.

Kasbiy bilim va tajribasi, ishga mas’uliyatli yondashuvi hamda tashkilotchilik qobiliyati uning mehnat faoliyatida bosqichma-bosqich o‘sib borishiga zamin yaratdi. Bugungi kunda soha vakili ishlab chiqarish jarayonlarini o‘zaro muvofiqlashtirish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, majmua va sexlar o‘rtasidagi hamkorlikni samarali tashkil etish yo‘nalishida faoliyat olib bormoqda.

Qariyb chorak asrlik mehnat faoliyati davomida Sherzod Zoirov ishlab chiqarishning o‘ziga xos jihatlarini puxta o‘zlashtirgan, tajriba va boshqaruv ko‘nikmalarini uyg‘unlashtira olgan mutaxassis sifatida hurmatga sazovor bo‘ldi. Uning mehnat yo‘li oddiy ishlab chiqarish bo‘g‘inidan boshqaruv lavozimigacha bo‘lgan izchil kasbiy o‘sishning amaliy ifodasidir.

Sherzod Zoirov
kimyogarlarning kasb bayramida “Hurmat taxtasi”ga munosib ko‘rilgan bo‘lsa, mustaqillikning 35 yilligiga tuhfa sifatida taqdim etilgan “II-darajali kimyogar” ko‘krak nishoni esa fidoyilik, mehnatsevarlik, kasbga muhabbat uchun rag‘bat, soha rivojiga qo‘shilayotgan ulkan hissaga minnatdorlik ifodasiga aylandi.

Bizning Faxrimiz

ISHDAGI MAS’ULIYAT — SAMARADORLIK GAROVI

07.10.2026

MAS’ULIYАT BILAN BOSHLANGAN YO‘L

15.09.2026

HAR BIR TAHLIL ORTIDA — MAS’ULIYAT

11.09.2026

SHARAFLI MEHNAT MAHSULI

10.09.2026

MUHANDIS-TEXNOLOGDAN SEX BOSHLIG‘I O‘RINBOSARIGACHA

09.09.2026

36 YILLIK TAJRIBA — YОSHLARGA IBRAT

09.09.2026

UZOQ YILLIK MEHNAT RAG‘BATI

07.09.2026

RAG‘BAT KELGUSI FAOLIYАT UCHUN QANOT

06.09.2026

ISTIQLOLGA TENG HAYОT YO‘LI

17.08.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish