Asosiy > Yangiliklar > BAYRAM TABRIGI

BAYRAM TABRIGI

Navro‘z — azaliy milliy an’ana, urf-odat va marosimlarni o‘zida mujassam etganligi bilan bayramlarimiz orasida alohida o‘rin tutadi. Unda do‘stlik, xalqlar birdamligi, o‘zaro hurmat va hamjihatlik kabi umuminsoniy fazilatlar aks etgan.

Bahoriy ayyom tabiatning uyg‘onishigina emas, har bir inson uchun yangi umid, imkon, tashabbuslar debochasidir. Shodiyona shukuhi mehnat faoliyati, fidoyilik uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi. 

O‘zaro mehr-oqibat, saxovat va muruvvat ko‘rsatish, keksalarni yo‘qlash, nogironlar, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, hasharlar o‘tkazib, yurtimizni yanada obod qilish kabi savobli ishlar Navro‘zning fayziga yanada fayz qo‘shmoqda. 

Aziz korxonamiz xodimlari, hamkasblar! 

Barchangizni Navro‘z ayyomi bilan tabriklab, o‘zimning qalbimdagi eng samimiy tilaklarimni izhor etaman. Navro‘zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin! Har bir oila, har bir xonadonda yaxshi kunlar, to‘ylar ko‘p bo‘lsin, korxonamiz yanada gullab-yashnasin, barchamizning ezgu orzu-niyatlarimiz amalga oshsin! 

Hurmat bilan, Farrux Samadov, 
“Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish