Asosiy > Yangiliklar > BAYRAM TABRIGI

BAYRAM TABRIGI

Aziz hamkasblar, hurmatli soha vakillari! 

Korxonada ishlab chiqarilayotgan kimyoviy mahsulot va mineral oʻgʻitlar sifati, yangi quvvatlar faoliyati, texnologik jarayonlarning uzluksizligi energetiklar mas’uliyati va kasbga boʻlgan sadoqatiga ham bogʻliq.

Sizning fidokorona, halol mehnatingiz, malaka, tajribangiz korxonamiz rivojiga munosib hissa boʻlib qoʻshilmoqda. 

Yildan-yilga quyosh panellaridan samarali foydalanish, bosqichma-bosqich yashil energetikaga oʻtish orqali tabiiy resurslar tejamkorligiga erishmoqdamiz. 

2025-yilning muhtaram yurtboshimiz tomonidan “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinishi zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi. Ishlab chiqarish jarayoniga “yashil” texnologiyalarni yanada keng joriy etishda esa sizning tashabbus va faolligingiz muhim oʻrin tutadi.

Sana munosabati bilan sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan tabriklayman. Nafaqat xonadoningiz, balki qalbingiz ham hamisha nurga toʻlishini, hayotingiz quyosh tafti singari qaynoq, rang-barang chiroqlar yogʻdusi kabi yorqin boʻlishini tilayman. 

Bayram qutlugʻ boʻlsin!

Farrux Samadov
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish