Asosiy > Yangiliklar > HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA ETILDI

HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA ETILDI

Italiyaning “Aquaflex” kompaniyasi vakillari korxona mutasaddilari bilan uchrashdilar. Sanoat va uy-joylar uchun suvni tozalash hamda kimyoviy qoʻshimchalar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan korporatsiya dunyo miqyosida 55 dan ortiq mamlakatlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Mehmonlar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mas’ullar ishtirokidagi muloqot chog‘ida hamkorlik istiqbollari, manfaatli kelishuvlarning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. 

Ishlab chiqarish jarayonida kimyoviy qo‘shimchalar qozonlar va sovutish minoralarining samarali ishlashini ta’minlaydi, jarayonda energiya sarfi, harajatlar kamayadi, suv sifatini yaxshilash mahsulotga ham ijobiy ta’sir etadi. 

Uchrashuvda xalqaro tajriba va standartlar, hamkorlik imkoniyatlari, ilmiy hamda texnologik tadqiqotlarga asoslangan xizmatlarning ishlab chiqarish jarayonini zamonaviylashtirishdagi o‘rni va raqobatbardoshlikni oshirishdagi roli xususida o‘zaro fikr almashildi.

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish