Asosiy > Yangiliklar > MULOQOT OGOHLIKKA CHORLADI

MULOQOT OGOHLIKKA CHORLADI

Bugungi kunda kiberjinoyatlardan jabrlanayotganlar soni ortib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqdagi messenjerlar orqali fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlariga ega bo‘layotgan firibgarlar ularga moddiy va ruhiy ziyon yetkazishmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday holatlarning soni aholida kibermadaniyatning yetishmasligi sababli kuzatilyapti.

Viloyat IIB kiberxavfsizlik boshqarmasi mutaxassislari hamda tijorat banki vakili ishtirok etgan muloqot aynan shu mavzuga bag‘ishlandi. Tadbirda kiberjinoyatlarning ko‘p uchrayotgan turlari, firibgarlar qo‘llaydigan aldov yo‘llari, onlayn savdo platformalari bilan bog‘liq holatlar xususida so‘z yuritildi.

Yig‘ilish ishtirokchilariga kiberjinoyatlardan ogoh bo‘lish, messenjerlardagi virusli fayllarni ochmaslik,  soxta havolalarga kirmaslik, onlayn  kredit rasmiylashtirish bilan bog‘liq talablar haqida ma’lumot berildi.

Muloqot ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish