Asosiy > Yangiliklar > SPARTAKIADA G‘OLIBLARI MA’LUM BO‘LDI

SPARTAKIADA G‘OLIBLARI MA’LUM BO‘LDI

Korxona xodimlari o‘rtasida spartakiada doirasida o‘tkazilgan musobaqalar o‘z yakuniga yetdi.

Futbol bahslarida 3-o‘rinni Ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasi jamoasi egalladi.

2-o‘rin Ammiak ishlab chiqarishi 3-navbati vakillariga nasib etdi.

1-o‘rinni 910-sex sharafini himoya qilgan mutaxassislar egallashdi.

Ayollar ishtirokidagi voleybol bellashuvida 3-o‘ringa 701-sex jamoasi loyiq topildi.

Ammiak ishlab chiqarishi 3-navbati xotin-qizlari 2-o‘ringa munosib ekanliklarini ko‘rsatishdi.

Organik sintez va nitron tolasi ishlab chiqarishi voleybolchi ayollari faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Voleybol bo‘yicha erkaklar qatnashgan musobaqalar yakuniga ko‘ra, 3-o‘rin 46-sex jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, Ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasining kimyogar yigitlari 2-o‘rin bilan kifoyalanishdi.

Mutloq g‘oliblikka PVX, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi sharafini himoya qilgan soha vakillari erishdilar.

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish