Asosiy > Yangiliklar > SPORTGA E’TIBOR YОSH AVLOD KELAJAGI HAQIDA G‘AMXO‘RLIK IFODASI

SPORTGA E’TIBOR YОSH AVLOD KELAJAGI HAQIDA G‘AMXO‘RLIK IFODASI

Navoiy shahrida “Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident olimpiadasi” sport musobaqalarining dzyudo sport turi bo‘yicha 2-bosqich — “Hokim olimpiadasi” musobaqasi bo'lib o'tdi.

Mazkur nufuzli tadbirda viloyat hokimligi, “Navoiyazot” AJ mutasaddilari, sport sohasi vakillari, tajribali murabbiylar ishtirok etdi. Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechdi. Har bir vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, yuqori natija qayd etgan sportchilar musobaqaning keyingi respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Bunday musobaqalar yosh iste’dodlarni kashf etish, ularni professional sportga keng jalb etish hamda kelajakda xalqaro maydonlarda yurt sharafini munosib himoya qiladigan sportchilarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish