Asosiy > Yangiliklar > Yosh kadrlar — asosiy kuch

Yosh kadrlar — asosiy kuch

Ishlab chiqarish korxonalarida “ustoz-shogird” an’analarini tizimli yo‘lga qo‘yish sex va tarmoqlarning uzluksiz ishlashini ta’minlab,  malakali muhandis kadrlarga bo‘lgan talabni qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Katta avlod vakillari va yoshlar o‘rtasidagi kasbiy aloqalarni ta’minlash korxonada yoshlar siyosatiga oid belgilangan vazifalarning samarali tashkil etilishi bilan bevosita bog‘liq.  

Bugungi kunda “Navoiyazot” AJ ishchi-xodimlarining qariyb 20 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislardir. Ularning 30 nafardan ortig‘ini rahbar- xodimlar tashkil etadi. Korxonada yoshlarning iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etishga qaratilgan turli sport, intellektual va madaniy tadbirlar doimiy o‘tkazib kelinadi. Har chorakda rahbar va yoshlar uchrashuvlari tashkil qilinib, mazkur muloqotlar davomida yosh kimyogarlarning muammo va takliflari o‘rganilayapti hamda ularning xohish-istaklari yuzasidan  tegishli masalalar joyida hal etilmoqda. Shu bilan birga, “Navoiyazot” AJda yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni zamonaviy texnologiyalar va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida treninglar, seminarlar va master-klasslar tashkil etishga ham alohida ahamiyat qaratilayapti.

Bunday yondashuvlar korxonada ijtimoiy va kasbiy muhitni yaxshilashga, yosh kadrlarning rivojlanishiga va ularning faolligini oshirishga xizmat qilayapti.

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish