Asosiy > Yangiliklar > ZAMONAVIY TENDENSIYАLAR VA KIMYО SANOATI ISTIQBOLI

ZAMONAVIY TENDENSIYАLAR VA KIMYО SANOATI ISTIQBOLI

2025-yilning 29–31 oktyabr kunlari Sochi shahrida Rossiya va MDH mamlakatlaridagi eng yirik tadbir — 3-xalqaro “Mineral o‘g‘itlar PRO” forumi bo‘lib o‘tadi. 

An’anaviy ravishda mazkur forum yetakchi kimyo sanoati kompaniyalari, litsenziya egalari va katalitik moddalar hamda uskunalar yetkazib beruvchilar, shuningdek, EPC-pudratchilarni birlashtiradi. Forumda 8 ta mamlakatdan 300 nafardan ziyod ekspertlar ishtirok etmoqda.

Forum ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash, biznes hamkorlikni kengaytirish va kimyo sanoati rivojiga oid dolzarb masalalar yuzasidan samarali yechimlarni topish uchun ishonchli platforma sifatida namoyon bo‘ladi. Tadbir doirasida mineral o‘g‘itlar bozori, zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or yondashuvlar, diversifikatsiya va kooperatsiya masalalari, barqaror ishlab chiqarish hamda jahon bozoridagi raqobatbardoshlik mavzulari muhokama qilinadi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan 45 dan ziyod taqdimotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shuningdek, yetakchi uskuna va katalitik moddalar ishlab chiqaruvchilarning so‘nggi ishlanmalari taqdim etilgan ko‘rgazma ham tashkil etiladi.

Ushbu forumda “Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadov boshchiligidagi mutasaddilar ham ishtirok etishmoqda. Bu esa mineral o‘g‘itlar bozoridagi yangi tendensiyalar, innovatsion mahsulot va yechimlar taqdimoti bilan tanishish, tajriba almashish, biznes aloqalarni o‘rnatish, korxona nufuzini oshirishda muhim o‘ringa ega. 

So`ngi yangiliklar

...

DOLZARB MAVZUDA MULOQOT TASHKIL ETILDI

03.09.2026
...

MUSTAQILLIK — ULUG‘ NE’MAT

02.09.2026
...

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — MEHNATGA E’TIROF

27.08.2026
...

IFTIXOR HISSI VA E’TIROFDAN MAMNUNLIK

26.08.2026
...

BAYRAM OSHI TAYYORLANMOQDA

26.08.2026
...

AHIL JAMOADA BAYRAM SHUKUHI

26.08.2026
...

KATTA JAMOADA ISTIQLOL NE’MATLARI SHUKRONASI

26.08.2026
...

OZOD VA OBOD VATAN — ENG ULUG‘ NE’MAT

26.08.2026
...

USTUVOR STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

26.08.2026
...

BAYRAMGA MUNOSIB TUHFA

25.08.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish