- Biz haqimizda
- Korporativ boshqaruv
- Mahsulotlar katalogi
- Hamkorlar
-
Matbuot markazi
-
Yangiliklar
-
Gender tengligi
-
Bizning Faxrimiz
-
Rasm galereyasi
-
Videogalereya
-
“Navoiy kimyogari” gazetasi
-
Izohlar
-
Ommaviy axborot vositalarida nashrlar
-
Davlat ramzlari
-
Elektron hukumat tizimi
- Tadbirlar
-
Davlat dasturlari
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
-
Yangiliklar
- ESG
-
Barqarorlik
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Mirzayevning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining logistika boʻyicha oʻrinbosari Axmatullo Shononovning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish Strategiyasi
-
Ichki me'yoriy hujjatlar
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha asosiy hujjatlar
-
Aloqa kanallari
-
Hisobotlar
-
Monopoliyaga qarshi komplaens xizmati
-
Targ'ibot tadbirlari
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
- Aloqa
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
Asosiy > Bizning Faxrimiz > Aziza Karimkulovna Haydarova, “Navoiyazot” AJ «G’aznachilik va moliya» bo’limi iqtisodchisi
Aziza Karimkulovna Haydarova, “Navoiyazot” AJ «G’aznachilik va moliya» bo’limi iqtisodchisi
"Menga bildirilgan ishonch uchun minnatdorman"
Azizaxon 1992-yilda Navoiy viloyati Navoiy shahrida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy, 2014-yilda Toshkent Davlat Texnika Universitetini marketing mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2016-yildan buyon “Navoiyazot” AJ «G‘aznachilik va moliya» bo‘limida moliya ishlari bo‘yicha iqtisodchi vazifasida faoliyat yuritadi. Aziza Karimkulovna 2021-yilda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Biznesni boshqarish” yo‘nalishiga magistratura tinglovchilari safiga qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Koreya Respublikasi Handong Global Universiteti o‘rtasida 2020-yil 10-fevralda imzolangan “Hamkorlik memorandumi” yuzasidan aloqalarni mustahkamlash va Xalqaro tajribaga ega bo‘lgan tashkilotlar tajribasini O‘zbekiston Respublikasidagi tashkilotlar hayotida tadbiq etish maqsadida joriy yilning 24-sentabridan 1-oktabriga qadar Oliy maktab xodimlari va tinglovchilari Koreya Respublikasiga xizmat safariga yuborildi. Ne baxtki, ular orasida «Navoiyazot» AJ xodimi Aziza Haydarova ham ushbu safarga jo‘natildi.
Xizmat safari davomida delegatsiya Koreya Respublikasi Handong Global Universitetining UNESCO-UNITWIN dasturi davomida “Lotte Mart”, “IFEZ”, “Incheon (I-vision Cyenter & Smart-City)”, “KoGas”, “Hyundai Motors Ulsan Plant”, “Change UP Ground, Pohang”, “Kyobo Securities”, “Kyobo Life Insurance”, “DDP”, “Gwanghwamun Square”, “Gyungbook Palace”, “Chilpo”, “Space Walk” kabi jami 12 tashkilotga tashrif buyurdi.
- “Lotte Mart” Janubiy Koreyaning turli xil oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, o‘yinchoqlar, elektronika va boshqa tovarlarni sotuvchi gipermarketlar tizimi bo‘lib, uning tarkibida 2022-yil iyul holatiga ko’ra, xorijdagi bozorlarni faol yo‘naltirish orqali butun dunyo bo‘ylab 176 ta do‘kon (Koreyada 112 ta va chet elda 64ta) faoliyat yuritmoqda. “Lotte Mart” tashkilotida mijozlar uchun turmush tarzini har kuni yangi mahsulot va xizmatlar bilan unumli tashkil etish tajribasi ishtirokchilarga yaqindan tanishtirildi, - deydi biz bilan suhbatda Aziza Karimkulovna. - “IFEZ, Incheon (I-vision Cyenter & Smart-City)” tashkilotida barqaror aqlli shahar xizmati modellarini aniqlash va qo‘llash, foydalanuvchiga yo‘naltirilgan ishtirokchi xizmatlarni aniqlash, foyda keltiruvchi xizmatlarni ishlab chiqish va qo‘llash hamda Smart City tuzilmasi bo‘yicha boshqa tajribalar o‘rganildi. Incheon shahrida joylashgan Incheon erkin iqtisodiy zonasi (IFEZ) uch hudud - Songdo, Cheongna va Yeongjong orolidan iborat bo‘lib, umumiy maydoni 51739 akrni tashkil qiladi. Hudud xorijiy investisiya kompaniyalari uchun biznes va yashash sharoitlarini yaxshilash, iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish erkinligini ta’minlash va iloji boricha jozibador investisiya imtiyozlarini taqdim etish uchun xizmat qiladi.
“KoGas” tashkilotida faoliyat yo‘nalishlari tabiiy gazni ishlab chiqarish va tarqatish, qidiruv, tabiiy gazni import va eksport qilish, ishlab chiqarish obyektlari va tarqatish tarmoqlarini qurish va ulardan foydalanish usullari o‘rganib chiqildi.
Ma’lumot uchun Korea Gas Corporation (KOGAS) Janubiy Koreya davlat tabiiy gaz kompaniyasi boʻlib, Koreya hukumati tomonidan 1983-yilda tashkil etilgan. KOGAS dunyodagi yeng yirik siqilgan tabiiy gaz import qiluvchi kompaniyadir.
Tashrif buyurganimiz “Hyundai Motors Ulsan” zavodi dunyodagi eng yirik yagona zavod hisoblanadi. U beshta mustaqil zavoddan iborat bo‘lib, taxminan 32 000 xodim kuniga o‘rtacha 5 800 ta avtomobil ishlab chiqaradi. Bu yerda avtomobil ishlab chiqarish jarayoni va 76 000 tonnalik kemalar joylashgan portga sayohat qildik.
“Change UP Ground, Pohang” - venchur kompaniyalarni rivojlantirish uchun POSCO tomonidan boshqariladigan startap-inkubator markazi. Pohang ilm-fan va texnologiya infratuzilmasiga asoslangan startaplarni hayot davomida qo‘llab-quvvatlash orqali taniqli venchur kompaniyalarni kashf etish va rivojlantirishga qaratilgan. Mazkur tashkilotda ishlab chiqarish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, barcha qulayliklar bilan yaqindan tanishib chiqildi.
“Kyobo Securitiyes” da brokerlik faoliyati o‘rganilib, xodimlarning ish faoliyati nimadan iboratligi bo‘yicha tadqiqotlar amalga oshirildi. Tashrif ishtirokchilari "Kyobo Securities" vakillari tomonidan yuqori e’tibor bilan kutib olindi. Ma’lumot uchun, Kyobo Securities Co., Ltd. Janubiy Koreyadagi mijozlariga brokerlik anderraytingi, aktivlarni boshqarish, valyuta ayirboshlash, korporativ moliyalashtirish va boshqa tegishli xizmatlar kabi turli moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi. Kyobo Securities, shuningdek, o‘z mijozlariga investitsiya axborot tizimlari va investisiya konsalting tizimlarini taklif etadi.
“Kyobo Life Insurance” 1958-yilda tashkil etilganidan buyon, ya’ni 60 yildan ortiq vaqt davomida hayotni sug’urta qilish yo‘lida Koreya sug‘urta sanoatining rivojlanishiga rahbarlik qilgan. Qiyinchilik va ijodkorlik, mijozlarga e’tibor qaratish, halollik va samimiylik kabi asosiy qadriyatlarga asoslanib, ushbu kompaniyaning barcha xodimlari doimiy o‘zgarish va innovatsiyalar orqali mijozlar ehtiyojini qondirish boshqaruvini o‘rnatdilar. Tashkilotda videolavha, tabrik so‘zlari, tashkilotning sug‘urta siyosati va ajralib turuvchi taraflari o‘rganib chiqildi. Tadbirdan so‘ng barcha ishrirokchilar ushbu tashkilotning kitob do‘koni bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Amaliy tadbirlardan tashqari, Handong Global universitetiga ham tashrif buyurildi. Tashrif davomida ishtirokchilar uchun professorlar Dr. Beomha Jee tomonidan “Challenge, Trend and Strategy in the Contemporary Financial” hamda Dr. Junghyun Kim tomonidan “Artificial Intelligence meets Digital Twin” mavzusida maxsus ma’ruzalar o‘tkazildi. Shu bilan birga, ishtirokchilar uchun ma’naviy tadbirlar ham tashkillashtirildi: “DDP”, “Gwanghwamun Square”, “Gyungbook Palace”, “Chilpo”, “Space Walk” kabi Koreyaning ahamiyatga molik maskanlariga tashrif buyurildi.
Koreyaga tashrif chog‘ida biz o‘zbekistonliklar ushbu davlatdan o‘rganiladigan tajriba katta ekanligini his qildik. Ulardagi ijobiy g‘oyani real hayotga tadbiq etish kuchli yo‘lga qo‘yilganligi, muammodan muammo yaratishmas, balki uning yechimini topishga e’tibor qaratishlari, har bir tadbirni perfeksionizmga tayanib bajarishlari e’tirofga loyiq.
Menga avvalo ushbu Oliy maktabda tahsil olishim, qolaversa ushbu xizmat safarida bo‘lishimda amaliy ko‘maklashgan “Navoiyazot” AJ rahbariyati, shaxsan boshqaruv raisi Odil Shukurovich Temirovga minnatdorchiligimni bildiraman. Bizga o‘qish, o‘rganish, innovatsion va ijobiy g‘oyalarni hayotga tadbiq etishimiz, ijtimoiy, iqtisodiy hayotimiz darajasini yaxshilashga imkon yaratib berilganligi, ishonch bildirilganligi uchun tashakkur. Men ushbu ishonchni oqlashga va’da beraman.”
Aziza Karimkulovna kabi iqtidorli, o‘ziga nisbatan talabchan yoshlarimiz ko‘p. Ularning intellektual salohiyati hamda yoshlik g‘ayratidan yurt istiqboli yo‘lida foydalana bilish muhim vazifadir.
“Navoiyazot” AJ Matbuot xizmati