Asosiy > Bizning Faxrimiz > ISTIQLOL TENGDOSHI BILAN MULOQOT

ISTIQLOL TENGDOSHI BILAN MULOQOT

Shermurod Ashurov —korxonaning ammiakli selitra ishlab chiqarish I-II navbatida 5-toifali elektrgazpayvandlovchi.

Elektrgazpayvandlovchilik kasbining o‘ziga xos jihatlari nimada?

— Bu kasb aniqlik, sabr va yuqori mas’uliyatni talab qiladi. Har bir ishimiz uskunalarning xavfsiz va uzluksiz ishlashiga xizmat qiladi. Shuning uchun berilgan vazifani sifatli bajarishga intilaman.

Korxonadagi mehnat faoliyatingiz davomida nimalarga erishdim, deb o‘ylaysiz?

— Eng katta yutug‘im — jamoamizning ishonchiga sazovor bo‘lganim. Tajribali ustozlardan ko‘p narsani o‘rgandim, bugun esa o‘z bilim va ko‘nikmalarimni yosh hamkasblarim bilan almashishga harakat qilaman.

Mustaqillik bilan tengdosh avlod vakili sifatida bugungi imkoniyatlarni qanday baholaysiz?

— Mustaqillik bizga mehnat qilish, o‘z ustida ishlash va kasbiy jihatdan rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash, malaka oshirish va munosib mehnat sharoitlari shular jumlasidandir.

Yoshlarga nimalarni tavsiya etgan bo‘lardingiz?

— Har qanday kasbning qadri uni sidqidildan bajargan inson bilan yuksaladi. Shuning uchun yoshlarga o‘z ustida tinmay ishlashni, kasbini sevishni va har bir vazifaga mas’uliyat bilan yondashishni tavsiya etaman. Shunda mehnat samarasi ham, hayotdagi yutuqlar ham namoyon bo‘ladi.

Bizning Faxrimiz

ISHDAGI MAS’ULIYAT — SAMARADORLIK GAROVI

07.10.2026

MAS’ULIYАT BILAN BOSHLANGAN YO‘L

15.09.2026

HAR BIR TAHLIL ORTIDA — MAS’ULIYAT

11.09.2026

SHARAFLI MEHNAT MAHSULI

10.09.2026

MUHANDIS-TEXNOLOGDAN SEX BOSHLIG‘I O‘RINBOSARIGACHA

09.09.2026

36 YILLIK TAJRIBA — YОSHLARGA IBRAT

09.09.2026

UZOQ YILLIK MEHNAT RAG‘BATI

08.09.2026

RAG‘BAT KELGUSI FAOLIYАT UCHUN QANOT

07.09.2026

SMENA USTASIDAN BOSHQARMA BOSHLIG‘IGACHA BO‘LGAN YO‘L

02.09.2026

ISTIQLOLGA TENG HAYОT YO‘LI

17.08.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish